E'lonlar

  • 2026-09-12
  • 49
  • Samarqand shahri, Spitamen shoh ko‘chasi 166-uy. Samarqand davlat pedagogika instituti kichik majlislar zali.
XALQARO ILMIY SIMPOZIUMGA TAKLIF ETAMIZ
XALQARO ILMIY SIMPOZIUMGA TAKLIF ETAMIZ

2026-yil 4-6-noyabr kunlari Samarqand davlat pedagogika instituti, Turkiyaning Giresun universiteti hamda TIKA hamkorligida “Turkiy xalqlarning umumiy madaniy merosi: til, tarix va ta’lim” mavzusida xalqaro ilmiy simpozium o‘tkaziladi.

➡️ Simpozium turkiy xalqlarning mushtarak tarixiy, madaniy va ilmiy merosini o‘rganish, ta’lim va til sohasidagi zamonaviy tadqiqotlarni muhokama qilish, shuningdek, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Simpoziumning asosiy ilmiy yo‘nalishlari:

🔵 Turkiy xalqlarning umumiy sivilizatsiyasi;
🔵 Ta’lim tizimlari va qiyosiy ta’lim tadqiqotlari;
🔵 Ta’lim siyosati, islohotlar va ta’lim liderligi;
🔵 Oliy ta’limda internatsionallashuv va universitetlararo hamkorlik;
🔵 O‘qituvchilar ta’limi va kasbiy rivojlanish;
🔵 Qadriyatlar, xarakter va madaniy meros ta’limi;
🔵 Til ta’limi va ko‘p tillilik;
🔵 Raqamli transformatsiya va ta’lim texnologiyalari;
🔵 Masofaviy, aralash va inklyuziv ta’lim;
🔵 Hayot davomida ta’lim va barqaror rivojlanish;
🔵 O‘quv dasturlarini ishlab chiqish, o‘lchash va baholash;
🔵 Ta’limda innovatsion amaliyotlar, boshqaruv va sifat kafolati;
🔵 Ta’lim sohasidagi xalqaro loyihalar va ilmiy tadqiqotlar.
 

Simpoziumda O‘zbekiston, Turkiya va boshqa mamlakatlardan professor-o‘qituvchilar, olimlar, tadqiqotchilar, doktorantlar hamda yosh izlanuvchilar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

 

📅 Sana: 2026-yil 4-6 noyabr
🏛 Tashkilotchilar: Samarqand davlat pedagogika instituti, Giresun universiteti va TIKA
📞 Aloqa uchun: Ixtiyor Yoqubov (+998942381586)
📧 ixtiyoryoqubov08@gmail.com
🌐 Rasmiy sayt: https://turktes2026.giresun.edu.tr/tr


❗️ Ilmiy izlanishlaringizni xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan baham ko‘rish, turkiy xalqlarning umumiy ilmiy va madaniy merosiga oid tadqiqotlarni muhokama qilish hamda yangi ilmiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun simpoziumda ishtirok etishga taklif etamiz.

Share This Post