- 2026-10-20
- 72
- Spitamen shox ko'chasi 166
AVSTRIYA STIPENDIYA DASTURLARIGA ARIZALAR QABUL QILINMOQDA
Avstriya Respublikasining Ta’lim, fan va tadqiqotlar federal vazirligi tomonidan 2026–2027-o‘quv yili uchun xalqaro talabalar, bitiruvchilar va yosh tadqiqotchilarga mo‘ljallangan stipendiya dasturlari e’lon qilindi.
Asosiy stipendiya dasturlari:
🔹 Ernst Mach — xalqaro akademik almashinuv va ilmiy tadqiqotlar uchun.
🔹 Franz Werfel — nemis tili, adabiyoti va shu sohadagi ilmiy tadqiqotlar uchun.
🔹 Richard Plaschka — tarix va tarixiy tadqiqotlar yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib borish uchun.
🎓 Ushbu stipendiya dasturlari Samarqand davlat pedagogika instituti talabalari, bitiruvchilari va yosh tadqiqotchilari uchun Avstriyada ta’lim olish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoniyatini taqdim etadi.
🔗 Batafsil ma’lumot va ariza topshirish: https://www.grants.at
📌 Xalqaro ta’lim va ilmiy tadqiqotlar imkoniyatidan foydalaning!
