• Kirish

E´lonlar

  • 2024-08-01
  • 1556
  • Samarqand shahar Spitamen-shoh ko'chasi 166-uy
DIQQAT E'LON!

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida talabalar kontingenti oshayotganligi va institut tashkiliy tuzilmasi kengayib, o'zgarayotganligi sababli professor-o'qituvchilarga ehtiyoj sezilmoqda.

Shu bois, institutimizga mahoratli, tashabbuskor va bilimli professor-o'qituvchilarni quyidagi yo'nalishlar bo'yicha ishga qabul qilamiz:

1.   “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi (tarix fani mutaxassisligi bo‘yicha) – (1,00 sh.b.) 3 ta o‘rin
2.  “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi (falsafa fani mutaxassisligi bo‘yicha) – (1,00 sh.b.) 3 ta o‘rin
3.  “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi – (1,00 sh.b.) 3 ta o‘rin  
4.  “Rus tili va adabiyoti” kafedrasi – (1,00 sh.b.) 2 ta o‘rin  
5.  “Xorijiy tillar” kafedrasi (Ingiliz tilli o‘qituvchisi) – (1,00 sh.b.) 2 ta o‘rin  
6.   “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi – (1,00 sh.b.)1 ta o‘rin
7.  “Pedagogika” kafedrasi (1 ta o’zbek, 1 ta rus va 1 ta tojik guruhlari uchun) – (1,00 sh.b.) 3 ta o‘rin 
8.  “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi – (1,00 sh.b.) 3 ta o‘rin
9.  “Psixologiya” kafedrasi – (1,00 sh.b.) 2 ta o‘rin
10.  “Matematika va informatika” kafedrasi (matematika fani mutaxassisligi bo‘yicha) – (1,00 sh.b.) 3 ta o‘rin
11.  “Matematika va informatika” kafedrasi  (informatika fani mutaxassisligi bo‘yicha) – (1,00 sh.b.) 2 ta o‘rin
12.   “Fizika-astronomiya” kafedrasi (fizika mutaxassisligi bo‘yicha) – (1,00 sh.b.) 2 ta o‘rin 
13.  “Kimyo” kafedrasi (rus, tojik guruhlar uchun) – (1,00 sh.b.) 2 ta o‘rin
14.  “Biologiya va geografiya” kafedrasi (biologiya mutaxassisligi bo‘yicha) – (1,00 sh.b.) 1 ta o‘rin
15.  “Biologiya va geografiya” kafedrasi (geografiya mutaxassisligi bo‘yicha) – (1,00 sh.b.) 1 ta o‘rin

    Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
-institut rektori  nomiga ariza;
-xodimlar hisobi bo‘yicha shaxsiy varaqa;
-oliy ma’lumot, ilmiy daraja haqidagi diplomlarning nusxalari;
-ilmiy unvoni haqidagi attestatning nusxasi;
-ilmiy va uslubiy ishlarning ro‘yxati;
- malaka oshirganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
-хorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar nusxasi. (mavjud bo'lsa).

Ishga qabul qilishda talabgorlar magistratura bosqichini yakunlagan, soha bo'yicha yetuk mutaxassis va pedagogik mahoratga ega bo'lishlari kerak.  Tanlov test va suhbat asosida tashkil etiladi.

Xorijiy tillar bo'yicha sertifikatga ega, 
PhD yoki DSc ilmiy darajasiga ega, 
dotsent yoki professor ilmiy unvoniga ega bo'lgan talabgorlarga ustunlik beriladi.

Hujjatlar gazetada e’lon chop etilgan kundan boshlab bir oy davomida quyidagi manzilda qabul qilinadi: Samarqand shahri, Spitamenshox ko‘chasi, 166

“Zarafshon” gazetasi N89.pdf

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

BIZ BILAN BO'LING