• Kirish

E´lonlar

  • 2024-08-02
  • 1667
  • Samarqand shahar Spitamen-shoh ko'chasi 166-uy
Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari 1-avgustdan boshlandi!

Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga  asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz ( portali orqali yuborishlari mumkin.

Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Batafsil ma’lumot: https://lex.uz/uz/docs/-6568679

Ma’lumot uchun, 2024/2025-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

BIZ BILAN BO'LING