• Kirish

E´lonlar

  • 2024-08-05
  • 1667
  • Samarqand Shahar Spitamen-Shoh Ko'chasi 166-Uy
Alohida ta’lim imkoniyatlari mavjud (koʻzi ojiz va koʻzi zaif koʻruvchi) abituriyentlarning imtihon sanasi e’lon qilindi

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika institutiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ariza topshirgan koʻzi ojiz va koʻzi zaif koʻruvchi abituriyentlar uchun 2024-yil 7-avgust kuni soat 9:00 da imtihon oʻtkaziladi:

1. Oʻzbek tili va adabiyoti
2. Matematika
3. Tarix
4. Psixologiya
5. Texnologik ta’lim
6. Jismoniy madaniyat
 
Manzil: Samarqand shahar Spitamen shoh koʻchasi 166-uy, Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti san’atshunoslik fakulteti binosi, videokonferensiyalar xonasi

DIQQAT!
Abituriyentlar imtihon topshiriqlarini bajarishda zarur bo‘ladigan o‘quv qurollarini (Brayl yozuv qurilmasi va qogʻozi) olib kelishlari so‘raladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin: (97) 918-06-12

BIZ BILAN BO'LING