• Kirish

E'lonlar

  • 2024-08-27
  • 2512
  • Samarqand shahar Spitamen-shoh ko'chasi 166-uy
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 2025-yil uchun tayanch doktorantura (PhD)ga qabul eʼlon qiladi

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika institutida 2025-yil uchun quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD)ga qabul qiladi:

Yuqoridagi ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD)da o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
1.   Ariza.
2.  Qisqacha biografik maʼlumot (obʼektivka - namuna 3.5 shakl bo‘yicha o‘zbekcha va ruscha shaklda).
3.  Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
4.  Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risida diplom nusxasi.
5.  Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).
6.  Pasport nusxasi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa)
8. Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat.
Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (https://daraja.ilmiy.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboriladi.
Hujjatlar 2024-yil 15-sentabrdan 15-oktabrga qadar qabul qilinadi.
Murojaat uchun telefon: (93) 358-58-69. 

BIZ BILAN BO'LING