• Kirish

E'lonlar

  • 2024-02-29
  • 1
  • Samarqand shahri Spitamen-shoh 166-uy
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika institutida respublika ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtadi

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida 2024-yilning 23-24-aprel kunlari Samarqand viloyat Madaniyat boshqarmasi bilan hamkorlikda “San’at yo‘nalishlaridagi bo‘lajak kadrlarga qo‘yiladigan zamonaviy talablar, muammo va yechimlar” respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Аnjumanda ishtirok etish uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha materiallar taqdim etish mumkin:
1. Oliy ta’lim tizimida dars sifatini takomillashtirish mexanizmlari.
2. San’at yo‘nalishlaridagi bo‘lajak kadrlarni tayyorlashda xorij tajribasini o‘rganishning nazariy va amaliy asoslari.
3. Musiqa fanlarining boshqa fanlar bilan o‘zaro integratsiyasi.
4. Umumta’lim maktablari musiqa darslari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari musiqa mashg‘ulotlari jarayonida milliy g‘oya targ‘iboti.
5. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishlarida innavatsion o‘qitishning dolzarb muammolari.
Аnjumanga taqdim etilayotgan ilmiy maqola (tezis)larga qo‘yiladigan talablar va rasmiylashtirish tartibi:
- maqola va tezislar hajmi 3-5 betgacha to‘liq hajmda Microsoft Word muharririda, matnlar “Times New Roman” 14 o‘lchamli shriftda, 1,5 intervalda, chap tomondan 3 sm, o‘ng tomondan 1,5 sm, yuqoridan va past tomondan 2 sm qoldirilgan holda yoziladi. Fayl nomlari muallifning familiyasi hamda sho‘ba raqami bilan nomlanadi;
-maqola va tezis mavzusi bosh harflarda (14 shriftda) o‘rtaga yozilib, keyingi satrda muallif(lar) ismi-sharifi, ish joyi, ilmiy darajasi yoki ilmiy unvoni, tel.raqami, elektron manzili keltiriladi. Undan keyin 1,5 interval pastda annotatsiya, kalit so‘z yoziladi. Kalit so‘zlardan keyin 1,5 interval pastdan xat boshidan tezis (maqola) matni, so‘ng matn xulosasi, undan so‘ng pastdan adabiyotlar keltiriladi. Аdabiyotlar ro‘yxati to‘liq holda alfavit tartibida (F.I.Sh., asar nomi, nashr yili va joyi, nashriyot nomi, betlar) ko‘rsatilishi lozim. Matn ichida foydalanilgan manbalarga havolalar quyidagi ko‘rinishda ko‘rsatilishi lozim: [1,50 b.];
- tezis va maqolalar elektron nusxada topshiriladi va anjuman materiallari elektron hamda bosma to‘plam holida chop etiladi;
- maqola va tezisdagi maʼlumotlar, faktlar va statistikalarning to‘gʼriligiga, imloviy va ishoraviy xatolari (matnning tahririy jihatlari) uchun muallif(lar)ning o‘z(lar)i masʼuldir;
- mazkur anjuman tashkiliy qo‘mitasi kelib tushgan materiallarni tanlab olish huquqiga ega, talablarga javob bermaydigan maqolalar tashkiliy qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va to‘plamga kiritilmaydi.
Аnjumanda ishtirok etish uchun maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.

BIZ BILAN BO'LING