• Kirish

E'lonlar

  • 2024-11-16
  • 2152
  • Samarqand Shahar Spitamen-Shoh Ko'chasi 166-Uy
Ochiq darslarga taklif etamiz!

a) Tarix kafedrasi katta o’qituvchisi Ibodat Sattarova boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi 101-102-103-guruh talabalariga “O‘zbekiston tarixi” fanidan “O‘zbekiston va jahon hamjamiyati” mavzusida ochiq dars o’tadi. Mashg’ulot 2024-yil, 18-noyabr kuni 1-smena, 3-juftlikda maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti 401-xonada bo’lib o’tadi. 

b) Texnologik ta’lim kafedrasi dotsenti Rahima Jiyanqulova texnologik ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich 306-guruh talabalariga “Kasb-hunarga yo‘naltirish” fanidan “Kasb-hunarga yo‘naltirishda o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar” mavzusida ochiq dars o’tadi. Mashg‘ulot 2024-yil 16-noyabr kuni soat 8:00 da, texnologik ta’lim kafedrasi binosi, 3-T xonada bo‘lib o‘tadi.

c) Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi assistenti Nursulton Doʻstmurodov sport faoliyati (kurash) yo’nalishi 3-bosqich 336-guruh talabalariga "Tanlangan sport turini rivojlantirish va hakamlik qilish faoliyati" fanidan "Raqibni oyogʻini orqadan toʻsib, koʻtarib tashlashda raqibga qarshilik kursatish texnikasi" mavzusida ochiq dars o'tadi. Mashg‘ulot 2024-yil 18-noyabr kuni soat 11:30 da institut kurash zalida o'tkaziladi.

d) Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi assistenti Jahongir Norqobilov sport faoliyati (kurash) yo’nalishi 2-bosqich 210-guruh talabalariga "Tanlangan sport turi nazariyasi va uslubiyati  (kurash)" fanidan "Qoʻl va yoqqani ushlagan holda yelkadan oshirib tashlash va ushlashlar texnikasi" mavzusida ochiq dars o'tadi. Mashg‘ulot 2024-yil 19-noyabr kuni soat 16:30 da institut kurash zalida o'tkaziladi.

e) Psixologiya kafedrasi assistent o'qitichi lavozimiga alternativ Jo'rabek Tursunov psixologiya  yo’nalishi 1-bosqich 106-guruh talabalariga "Umumiy psixologiya" fanidan "Shaxs haqida tushuncha" mavzusida ochiq dars o'tadi. Mashg‘ulot 2024-yil 19-noyabr kuni soat 10:00 da aniq va amaliy fanlar fakulteti binosi B, 207-xonada o'tkaziladi.

f) Kimyo kafedrasi assistenti Maftuna Tog’ayeva kimyo ta'lim yo‘nalishining 3-bosqich 341-342-guruh talabalariga "Kimyo o’qitish metodikasi" fanidan "Xalqaro baholash tadqiqotlari va uning mazmun-mohiyati" mavzusida ochiq dars o’tadi.  Mashg‘ulot, 2024-yil 22-noyabr kuni soat 18:00da tabiiy fanlar fakulteti binosi, 208-xonada boshlanadi.

Barcha qiziquvchilar ochiq darslarga taklif etiladi!

BIZ BILAN BO'LING