• Kirish

E'lonlar

  • 2024-11-18
  • 2158
  • Samarqand Shahar Spitamen-Shoh Ko'chasi 166-Uy
Ochiq darslarga taklif etamiz!

a) O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti  boshlang‘ich ta’lim kafedrasi dotsenti (v.v.b.) Xolida Tojiyeva boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 208- 209-210 -guruh talabalariga  “Husnixat o'qitish texnologiyasi” fanidan  “O'quvchilarga yozuv texnikasini o'rgatish" mavzusida ochiq dars o‘tadi. Mashg‘ulot, 2024-yilning 20-noyabr kuni soat 13:00 da kollej binosi 402-xonada boshlanadi.

b) O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Husniddin Hasanov o‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich, 301-guruh talabalariga "Ona tilini o‘qitish metodikasi" fanidan "Gapning asosiy belgilari, ifoda maqsadi va tuzilishiga ko‘ra turlarini o‘qitishda zamonaviy yondoshuvlar" mavzusida ochiq dars o‘tadi. Mashg‘ulot, 2024-yil 19-noyabr kuni soat 11:30da tillar fakulteti binosi, F105-auditoriyada bo‘lib o‘tadi.

c) Kimyo kafedrasi assistenti Maqsud Ravshanov kimyo ta'lim yo‘nalishining 4-bosqich 439-440-441-guruh talabalariga "Bioorganik kimyo" fanidan " Nuklein kislotalarning tuzilishi, nuklein asoslari, nukleiozidlar, mononukleotidlar" mavzusida ochiq dars o’tadi. Mashg‘ulot, 2024-yil 19-noyabr kuni soat 19:00da tabiiy fanlar fakulteti binosi, 208-xonada boshlanadi. 

d) Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi assistenti Ibrohim Mirzayev 3-bosqich  327-328-329-guruh talabalariga "Sport pedagogik mahoratini oshirish (futbol)" fanidan "Turli usullar bilan darvozaga zarba berish  texnikasi mustahkamlash" mavzusida ochiq dars o'tadi. Mashg‘ulot, 2024-yil 22-noyabr kuni soat 08:30da pedagogika va jismoniy madaniyat fakulteti binosi, sport zalda bo’lib o’tadi.

e) Milliy g'oya va falsafa kafedrasi assistenti Rustam Amonov texnologik ta’lim, musiqa yo‘nalishlarining 2-bosqich 204-205-206-207 guruh talabalariga "Dinshunoslik" fanidan "Zamonaviy diniy harakatlar va sektalar" mavzusida ochiq dars o’tadi. Mashg‘ulot, 2024-yil 19-noyabr kuni soat 13:00 da institut ma’ruzalar zalida boshlanadi.

f) Musiqa ta’limi kafedrasi o‘qituvchi Mehroj Bannaqulov musiqa ta’limi yo’nalishi 1-bosqich 104-guruh  talabalariga “An’anaviy xonandalik” fanidan “Tanlangan asarni boshlang‘ich (daromad) qismini o‘rganish. Ovoz sozlash. Nafas olish texnikasi ustida ishlash. Vokaliz kuylash” mavzusida ochiq dars o’tadi. Mashg’ulot  2024-yil 21-noyabr kuni soat 11:30 da aniq va amaliy fanlar fakultetining 113-xonasida bo’lib o’tadi.

g) Musiqa ta’limi kafedrasi dotsenti (v.v.b.) Uchqun Boliyev musiqa ta’limi yo’nalishi 3-bosqich 304-guruh  talabalariga “Xor va xorshunoslik. Dirijorlik asoslari” fanidan  “Asar kompozitori va shoiri haqida ma’lumot” mavzusida ochiq dars o’tadi. Mashg’ulot  2024-yil 20-noyabr kuni soat 11:30 da aniq va amaliy fanlar  fakultetining, 110-xonasida bo’lib o’tadi.

h) Musiqa ta’limi kafedrasi dotsenti (v.v.b.) Mirshohid Murodov  musiqa ta’limi yo’nalishi 1-bosqich 105-guruh  talabalariga “An’anaviy xonandalik” fanidan  “Tanlangan asarni boshlang‘ich (daromad) qismini o‘rganish. Ovoz sozlash. Nafas olish texnikasi ustida ishlash. Vokaliz kuylash” mavzusida ochiq dars o’tadi. Mashg’ulot  2024-yil 21-noyabr kuni soat 10:00 da aniq va amaliy fanlar  fakultetining, 114-xonasida bo’lib o’tadi.

i) Musiqa ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchi Ozoda Muhammatova musiqa ta’limi yo’nalishi 1-bosqich 103-guruh  talabalariga “Ansambl sinfi” fanidan  “Tanlangan asarni nola, qochirim, bezaklarini toza ijro etishga erishish.” mavzusida ochiq dars o’tadi. Mashg’ulot  2024-yil 22-noyabr kuni soat 10:00 da aniq va amaliy fanlar  fakultetining 118-xonasida bo’lib o’tadi.

j) Musiqa ta’limi kafedrasi dotsenti Shuhrat Shaykulov musiqa ta’limi yo’nalishi 3-bosqich 305-guruh  talabalariga “Xor va xorshunoslik. Dirijorlik asoslari” fanidan  “Asarning ovoz partiyalari bilan tanishish” mavzusida ochiq dars o’tadi. Mashg’ulot  2024-yil 22-noyabr kuni soat 11:30 da aniq va amaliy fanlar  fakultetining, 115-xonasida bo’lib o’tadi.

k) Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi R.X.Korshubayeva kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oluvchi 1-bosqich bakalavr – Pedagogika, milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo`nalishi talabalariga "Umumiy psixologiya" fanidan “Xayol – yuksak bilish jarayoni” mavzusida ochiq darsi bo`lib o’tadi. Mashg‘ulot, 2024-yil 19- noyabr  kuni S  bino ¾ auditoriyada soat 10:00 da boshlanadi. 

l) Texnologik ta'lim kafedrasi dotsenti (v.v.b.) Shohista Mamasoliyeva texnologik ta'lim yo‘nalishi 2-bosqich 206-207-guruh talabalariga “Xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash ” fanidan “Zargarlik san'ati” mavzusida ochiq dars o’tadi. Mashg’ulot 2024-yil, 19-noyabr kuni texnologik ta'lim kafedrasi binosi 12-T xonada bo’lib o’tadi.

m) Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi assistenti Karim Mirzayev s”port  pedagogik mahoratini oshirish (voleybol)” fanidan jismoniy madaniyat yo‘nalishi  3-bosqich 330-352-353-guruh talabalariga “Bog‘lovchilar yordamida hujum zarbasini uyishtirish texnikasini mustahkamlash” mavzusida ochiq dars o’tadi. Mashg’ulot 2024-yil 21-noyabr  1-smena 1-juftlik darsida pedagogika va jismoniy madaniyat fakulteti sport zalida bo’lib o’tadi.

n) Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi assistenti Olim Eshberdiyev jismoniy madaniyat ta’lim yo’nalishi 2-bosqich 202-guruh talabalariga “Sport o'yinlari va uni o'qitish  metodikasi (basketbol)” fanidan "Aldamchi harakatlarga o'rgatish " mavzusida ochiq dars o’tadi. Mashg‘ulot, 2024-yil 20-noyabr kuni soat 16:00 da jismoniy madaniyat va sport kafedrasi sport zalida boshlanadi.

o) Matematika kafedrasi o'qituvchisi Said Do‘stov matematika ta’lim yo’nalishi 1-kurs  kechki 101-102-guruh talabalariga “Matematik analiz” fanidan "Ratsional funksiyalarni integrallash" mavzusida ochiq dars o’tadi. Mashg‘ulot, 2024-yil 19-noyabr kuni soat 17:30 da aniq va amaliy fanlar  fakulteti, S bino 3/9-xonada boshlanadi. 

p) Maktabgacha ta’lim  kafedrasi professori (v.v.b.) Sharipboy Fayzullayev maktabgacha ta’lim yo’nalishi 70110201-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) magistratura mutaxassisligi 1-bosqich  magistrantlariga "Maktabgacha ta’limda xorijiy tajribalarning qiyosiy tahlili"  fanidan "Maktabgacha ta’limda xorijiy tajribalar qiyosiy tahlilining o’ziga xos xususiyatlari” mavzusida ochiq dars o'tadi. Mashg‘ulot 2024-yil 21-noyabr kuni soat 14:30 da maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti , 307-xonada o'tkaziladi.

Barcha qiziquvchilar ochiq darslarga taklif etiladi!

BIZ BILAN BO'LING