- 2024-11-25
- 2737
- Samarqand shahar, Spitamen shoh ko'chasi 166
Ochiq darslarga taklif etamiz!
a) O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti fizika kafedrasi o'qituvchisi Amirxon Ikromov fizika va astronomiya yo'nalishi 4-bosqich 415-guruh talabalariga “Elementar fizika kursini o'qitish metodikasi” fanidan “Методика преподавания темы “Электромагнитные волны” mavzusida ochiq dars o’tadi. Mashg‘ulot, 2024-yil 27-noyabr kuni soat 13:00 da aniq va amaliy fanlar fakulteti A bino 105-xonada boshlanadi.
b) Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi assistenti Jonibek Jalilov tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’limi yo’nalishi 1-bosqich 102-guruh talabalariga “Chizma geometriya” fanidan “Ustma-ust qо‘yish (jipslashtirish) orqali masalalar yechish” mavzusida ochiq dars o’tadi. Mashg’ulot 2024-yil 27-noyabr kuni soat 11:30 da aniq va amaliy fanlar fakultetining 1S/T26-xonasida bo’lib o’tadi.
c) Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi Maftuna Ermamatova boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi 203-guruh talabalariga "Matematika va uni o‘qitish metodikasi" fanidan "Taqribiy hisoblashga doir misollar" mavzusida namunaviy ochiq dars o‘tadi. Mashg‘ulot 2024-yilning 26-noyabr kuni soat 13:00 da kollej binosi 310-xonada boshlanadi.
d) Biologiya kafedrasi assistenti Dilafruz Sattorova biologiya ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich 421-422-guruh talabalariga “Entomologiya” fanidan “Zararkunanda hasharotlarga qarshi kimyoviy va biologik kurash choralari olib borish” mavzusida ochiq dars o‘tadi. Mashg‘ulot, 2024-yil 26-noyabr kuni soat 14:30 da tabiiy fanlar fakulteti binosi, Т209-xonada boshlanadi.
e) Biologiya kafedrasi dotsenti Saidolim Murodqosimov sport faoliyati (futbol) yo‘nalishi 3-bosqich 333-guruh talabalariga “Sport tibbiyoti” fanidan “Sportchilarda zo'riqish, o'ta zo'riqish qayta ishlash tamoyillari” mavzusida ochiq dars o’tadi. Mashg‘ulot, 2024-yil 27-noyabr kuni soat 08:30 da pedagogika va jismoniy madaniyat fakulteti 305-xonada boshlanadi.
f) Milliy g‘oya va falsafa kafedrasi dotsenti Umida Nurmatova o‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 102-guruh talabalariga “Media savodxonlik va axborot madaniyati” fanidan “O'zbekistonda axborot xavfsizligining ma’naviy va huquqiy asoslari” mavzusida ochiq dars o‘tadi. Mashg'ulot 2024-yil 28-noyabr kuni soat 8:30 da tillar fakulteti 5F/310-xonada boshlanadi.
Barcha qiziquvchilar ochiq darslarga taklif etiladi!