• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
  • Kirish

E'lonlar

  • 2024-11-26
  • 5263
  • Samarqand shahar, Spitamen shoh 166
Ochiq darslarga taklif etamiz!
Ochiq darslarga taklif etamiz!

a) O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti boshlang'ich ta'lim kafedrasi dotsenti Maysara Nuriddinova Maysara boshlang'ich ta'lim (tojik tili) yo'nalishi 305-guruh talabalariga "Назарияи фанҳои табиӣ ва методикаи он" fanidan "Сарватҳои табиӣ  ва аз онҳо оқилона истифода бурдан." mavzusida ochiq dars  o'tadi. Mashg'ulot 2024-yilning 27-noyabr kuni soat 10:00 da institutning B binosi 413-xonada boshlanadi.
b) Boshlang'ich ta'lim kafedrasi assistenti Shahnoza Samandarova boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 307-guruh talabalariga "Matematika va uni o'qitish metodikasi" fanidan "Ko'paytirish va bo'lish metodikasi" mavzusida ochiq dars o'tadi. Mashg'ulot 2024 yil 27-noyabr kuni 13.00 da A bino 305 xonada boshlanadi.
c) Xorijiy tillar kafedrasi o'qituvchisi Gulsum Dusmamadova 1-bosqich 109-guruh talabalariga “Advertising” mavzusida ochiq dars o‘tadi. Mashg‘ulot, 2024-yil 27-noyabr kuni soat 11:30da tillar fakulteti binosi, 310-xonada bo’lib o’tadi.
d) Tarix kafedrasi o'qituvchisi Abror Jumayev boshlang`ich ta’lim  yo’nalishi 1-kurs 107-guruh talabalariga “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan “Yangi O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida ro‘y berayotgan o`zgarishlarning xalqaro reyting va indekslarda aks etishi” mavzusida ochiq dars o’tadi. Mashg‘ulot, 2024-yil 28-noyabr kuni soat 11:30 da kollej binosi  401-xonada boshlanadi.
e) Matematika kafedrasi o'qituvchisi Maqsuda O‘rolova matematika ta’lim yo’nalishi 1-kurs 103-guruh talabalariga “Algebra” fanidan “Laplas teoremasi” mavzusida ochiq dars o’tadi. Mashg‘ulot, 2024-yil 27-noyabr kuni soat 10:00 da aniq va amaliy fanlar  fakulteti, B bino 313-xonada boshlanadi.  
f) Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi o‘qituvchisi Anvar Amirov jismoniy madaniyat yo‘nalishi 2-bosqich 202-guruh talabalari bilan “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” fanidan “Sport bayramlarini tashkil qilish va o'tkazish metodikasi” mavzusida ochiq darsi bo‘lib o‘tadi. Mashg‘ulot 2024-yil 28-noyabr kuni soat 16:00da pedagogika va jismoniy madaniyat fakulteti B bino 101-auditoriyada oʻtkaziladi. 
g) Maktabgacha ta'lim kafedrasi o'qituvchisi Zarina Muxtorova maktabgacha ta'lim  yo'nalishi 1-bosqich, 104-guruh talabalariga “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” fanidan "Роль учителя в социализации детей" mavzusida  ochiq dars o’tadi. Mashg‘ulot, 2024-yil 27-noyabr kuni soat 10:00 da Maktabgacha va boshlang’ich ta'lim fakulteti binosi, 302-xonada boshlanadi.
h) Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi kafedrasi assistentlik lavozimiga berilgan e'lon bo‘yicha nomzod Norqulova Dildor Uchqun qizi  3-bosqich 301-guruh talabalariga  "Mavzuli portret ishlash yoʻllari" mavzusida ochiq dars o’tadi. Mashg‘ulot, 2024-yil 27-noyabr kuni soat 11:30da, tasviriy san'at va muhandislik grafikasi kafedrasi ijodiy zalida bo’lib o’tadi. 
i) Boshlang'ich ta'lim kafedrasi o‘qituvchisi (PhD) Nafisa Xo‘jamqulova boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 102-guruh talabalariga "Ona tili" fanidan “Leksikologiya va uning obyekti, turlari vazifalari. Ona tili lug‘at tarkibining ma’no jihatdan tavsifi ” mavzusida ochiq dars o'tadi. Mashg'ulot 2024 yil 27-noyabr kuni 8:30 da tillar fakulteti 402-xonada boshlanadi.
j) Rus tili va adabiyoti kafedrasi katta o'qituvchisi Svetlana Usmanova  ona tili va adabiyoti: rus tili ta'lim yo'nalishi 1-bosqich 108 -guruh talabalariga “Rus tili  praktikumi” fanidan "Состав числительных" mavzusida  ochiq dars o’tadi. Mashg‘ulot, 2024-yil 29-noyabr kuni soat 10:00da tillar fakulteti binosi, 202- xonada boshlanadi.

Barcha qiziquvchilar ochiq darslarga taklif etiladi!

Share This Post