Jo'raqulov Abror Raufovich

Fakultet dekani

Jo'raqulov Abror Raufovich

E-pochta: abror.j.aj@gmail.com
Telefon raqam: +99897 926-20-16
Qabul kunlari: Dushanba–Shanba soat 8:00 dan 16:00 gacha
Manzil: Samarqand sh, Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy

Ko'proq ma'lumot

Fakultet dekani lavozim vazifalari:
  • Fakultet dekanat faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
  • Fakultetda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta'minlash, o'quv-uslubiy, ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish, davlat ta'lim standartlari, o'quv rejalar, o'quv dasturlar bajarilishini ta'minlash;
  • O'quv mashg'ulotlarini o'tkazish jadvallari tuzishni tashkil etish va bajarilishini nazorat qilish, intizom nazoratini tashkil etish;
  • Qayta tayyorlash o'quv kurslarining tinglovchilari bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishi va davlat attestatsiyasida qatnashishlarini tashkil etish;
  • Fakultet tarkibidagi ta'lim yo'nalishlariga taalluqli darsliklar, o'quv va uslubiy qo'llanmalar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, boshqarish;
  • Yangi informatsion texnologiyalarning o'quv jarayoniga keng tatbiq etilishi, professor-o'qituvchilarning yangi informatsion texnologiyalarni egallashlarini ta'minlash;
  • Fakultet uslubiy Kengashi faoliyatini boshqarish;
  • Ilmiy va ilmiy-uslubiy konferentsiyalar, kafedralararo yig'ilishlar, fakultet professor-o'qituvchilari ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, o'z sohasida yangiliklar va ilmiy-texnik rivojlanish masalalari, mamlakat iqtisodiy- ijtimoiy rivojlanishi masalalari va h.k.) seminarlar, munozara (diskussiya)lar tashkil etish va o'tkazish;
  • Turdosh oliy va malaka oshirish ta'lim muassasalari hamda ilmiy muassasalar, jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish;
  • Vakolati doirasida murojaatlarni ko'rib chiqish.
Bilishi kerak:
  • Fakultet faoliyatiga tegishli qonunlar;
  • Vazirlar Mahkamasining Qarorlari;
  • Transport vazirligining Qarorlari, buyruqlari;
  • Institut rektori buyruqlarining mohiyati, institutning yillik va istiqbolli rejalarini bilishi.
Malaka talablari:
• Ta'lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo'lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlari, ta'lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va staji, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko'nikmalar;
• Namunaviy shaxsiy fazilatlar-intellekt, madaniyat, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlari, mas'uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat'iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta'minlash xususiyatlariga ega bo'lishi;
• Oliy ma'lumot, magistr, Fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasi, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo'lishi;
• Fakultet yo'nalishi bo'yicha kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega bo'lishi zarur.

1984-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan
Samarqand davlat chet tillar institutining Lingvistika (nemis tili) magistratura mutaxassisligini tamomlagan

Ilmiy daraja va unvoni: Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Mehnat faoliyati:
2002-2006 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi
2006-2007 yy. - Samarqand axborot texnologiyalari va sanoat kasb-hunar kolleji oʻqituvchisi
2007-2012 yy. - Germaniyaning Fridrix Shiller nomidagi Iyena universiteti talabasi
2012-2013 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti Tarjimonlik fakulteti dekan oʻrinbosari
2013-2015 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti magistranti
2015-2016 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi kabinet mudiri
2016-2017 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi oʻqituvchisi
2017-2019 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti oʻquv-uslubiy boʻlim dispetcheri
2019-2024 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi
2024-2025 yy.
- Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Pedagogika va jismoniy madaniyat fakulteti dekani v.b.
2025 y. - h.v.  – Samarqand davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani v.b.

# Nomi Darajasi Chop etilgan sana Yukalsh