Fakultet haqida
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Jismoniy madaniyat, sport va maktabgacha ta'lim fakulteti institut Ilmiy Kengashining 2023-yil 3-iyuldagi 9-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Bugungi kunda fakultetda jami 60 nafar professor-o‘qituvchilar (jumladan, 2 nafar fan doktori, 7 nafar fan nomzodi) mavjud bo‘lib, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi, sport turlarini o'qitish metodikasi, maktabgacha ta'lim va pedagogikaga oid ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.
Fakultet professor-o‘qituvchilari 2023-2024-o‘quv yili yakunlariga ko‘ra, 5 ta SCOPUS bazasiga kiruvchi jurnallarda maqola chop etgan.
Jismoniy madaniyat, sport va maktabgacha ta'lim fakultetida 6 nafar Jahon chempioni, 42 nafar Osiyo chempioni, 46 nafar O‘zbekiston chempionlari tahsil oladi.
Fakultet tuzilishi:
- Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi;
- Sport turlarini o'qitish metodikasi kafedrasi;
- Maktabgacha ta'lim kafedrasi.
Jismoniy madaniyat, sport va maktabgacha ta'lim fakulteti quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavr va magistrlar tayyorlaydi.
Bakalavr:
60112200 - Jismoniy madaniyat;
60110200 - Maktabgacha ta’lim;
60111900 - Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport;
61010300 - Sport faoliyati: Futbol;
61010300 - Sport faoliyati (kurash);
61010300 - Sport faoliyati: Shaxmat;
61010300 - Sport faoliyati: Voleybol;
61010300 - Sport faoliyati: Qo‘l to‘pi;
Magistratura:
70111201 - Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlati nazariyasi va metodikasi
70110201 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta‘lim)
Fakultetda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida
3ta fan to‘garaklari:
- Maktabgacha ta’lim kafedrasi qoshida “Ijodiy faoliyat asoslari” ilmiy to‘garagi;
- Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi qoshida “Fan sportga” ilmiy to‘garagi;
- Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi qoshida “Sog’lom hayot sari” ilmiy to‘garagi;
10 ta sport to‘garaklari:
- Voleybol;
- Futbol;
- Basketbol (o‘g’il bolalar);
- Basketbol (qiz bolalar);
- Stol tennisi;
- Badminton;
- Kurash;
- Qo‘l topi;
- Gimnastika;
- Yengil atletika;
- Shaxmat – shashka kabi to‘garaklarining faoliyati tizimli tashkil etilgan.