Sayt test rejimda ishlamoqda !!!
  • Kirish

HAYDAROV BAXTIYAR TOJIYEVICH

Fakultet dekani

HAYDAROV BAXTIYAR TOJIYEVICH

E-pochta: baxtiyartojiyevich@inbox.ru
Telefon raqam: +998 93 997 80 14
Qabul kunlari: Dushanba-Shanba soat 8:00 dan 16: 00 gacha
Manzil: Samarqand shahar, Kimyogarlar qo’rg’oni Narpay ko’chasi 60 uy 20 xonadon

Ko'proq ma'lumot

Fakultet dekani lavozim vazifalari:
  • Fakultet dekanat faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
  • Fakultetda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta'minlash, o'quv-uslubiy, ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish, davlat ta'lim standartlari, o'quv rejalar, o'quv dasturlar bajarilishini ta'minlash;
  • O'quv mashg'ulotlarini o'tkazish jadvallari tuzishni tashkil etish va bajarilishini nazorat qilish, intizom nazoratini tashkil etish;
  • Qayta tayyorlash o'quv kurslarining tinglovchilari bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishi va davlat attestatsiyasida qatnashishlarini tashkil etish;
  • Fakultet tarkibidagi ta'lim yo'nalishlariga taalluqli darsliklar, o'quv va uslubiy qo'llanmalar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, boshqarish;
  • Yangi informatsion texnologiyalarning o'quv jarayoniga keng tatbiq etilishi, professor-o'qituvchilarning yangi informatsion texnologiyalarni egallashlarini ta'minlash;
  • Fakultet uslubiy Kengashi faoliyatini boshqarish;
  • Ilmiy va ilmiy-uslubiy konferentsiyalar, kafedralararo yig'ilishlar, fakultet professor-o'qituvchilari ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, o'z sohasida yangiliklar va ilmiy-texnik rivojlanish masalalari, mamlakat iqtisodiy- ijtimoiy rivojlanishi masalalari va h.k.) seminarlar, munozara (diskussiya)lar tashkil etish va o'tkazish;
  • Turdosh oliy va malaka oshirish ta'lim muassasalari hamda ilmiy muassasalar, jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish;
  • Vakolati doirasida murojaatlarni ko'rib chiqish.
Bilishi kerak:
  • Fakultet faoliyatiga tegishli qonunlar;
  • Vazirlar Mahkamasining Qarorlari;
  • Transport vazirligining Qarorlari, buyruqlari;
  • Institut bosh direktori buyruqlarining mohiyati, institutning yillik va istiqbolli rejalarini bilishi.
Malaka talablari:
• Ta'lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo'lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlari, ta'lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va staji, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko'nikmalar;
• Namunaviy shaxsiy fazilatlar-intellekt, madaniyat, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlari, mas'uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat'iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta'minlash xususiyatlariga ega bo'lishi;
• Oliy ma'lumot, magistr, Fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasi, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo'lishi;
• Fakultet yo'nalishi bo'yicha kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega bo'lishi zarur.

Haydarov Baxtiyar Tojievich 1968 yil 8 iyunda Navoiy viloyati  Xatirchi tumanida tug‘ilgan. 1985 yil Samarqand Davlat pedagogika institutining jismoniy tarbiya fakultetiga o‘kishga   qabul qilingan.  1986-88 yillarda harbiy xizmatni   o‘tagan. 1988-yildan o‘qishni davom ettirib, 1991 yili o‘qishni tugatgan.

Baxtiyar Tojievich mehnat faoliyatini 1991 yilda  Xatirchi tumaniga karashli 60-o‘rta maktabda  jismoniy tarbiya o‘qituvchisi vazifasidan boshlagan.

Baxtiyar Haydarov 1992 yil  Samarqand Davlat universitetining jismoniy madaniyat fakultetida katta laborant lavozimiga ishga olingan. 1994 yildan boshlab jismoniy madaniyat nazariyasi asoslari kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlagan.   2012 yil  mart oyidan boshlab jismoniy madaniyat fakulteti dekani lavozimida  ishlagan.

2012-2016 yillarda jismoniy madaniyat va tibbiy biologik asoslari kafedrasida  dotsent lavozimiga tanlovdan o‘tgan va kontrakt tuzgan. 2016 yilda jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi professori vazifasini bajaruvchi lavozimiga o‘tkazildi. 2016 yilda Samarqand davlat universiteti fakul’tetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasi mudiri lavozimiga o‘tkazildi. 2018-2021 yillarda Samarqand davlat universitet Maktabgacha ta’lim fakul’teti dekani lavozimiga o‘tkazildi. 2021-yildan O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti dekani lavozimini bajarib kelmoqda.

Baxtiyor Tojievich o‘z raxbarligida jamoadagi bir necha o‘nlab professor-o‘qituvchilarning ilmiy daraja va unvonlarni qo‘lga kiritishiga imkoniyatlar yaratdi.

Baxtiyar Haydarov  ilmga chanqoqligi, ishga mas’uliyat bilan yondashishi, izlanuvchanligi bilan institut va fakultet professor-o‘kituvchilar orasida  alohida ajralib turadi. Baxtiyar Haydarov nomzodlik dissertatsiyasini 2009 yilda muvaffaqiyatli himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. Bugungi kungacha Baxtiyar Xaydarovning 4 ta monografiyasi, 7 ta o‘quv qo‘llanmasi va 3 ta darsligi vazirlik  kengash grifi bilan chop ettirilgan. 9 ta  uslubiy qo‘llanmasi, 20 dan ortiq ilmiy makolalari 80 dan ortiq tezislari o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan. Bundan tashqari, Xalqaro anjumanlar va Respublikadagi ilmiy-amaliy jurnallarda ta’lim-tarbiyaga oid maqolalari bilan muntazam  ishtirok etib keladi.

Baxtiyar Haydarov rahbarligida magistr va doktorantlar uz muddatida va muddatidan oldin bir nechta shogirdlari ximoya kilib OUYularida faoliyat kursatmokda. Bundan tashqari 4 nafardan ortiq shogirdlari (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy kengashga xujjatlarini topshirish arafasida. Baxtiyar Haydarov 2018 yilda Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi ko‘krak nishoni va 2019 yilda Turon fanlari akademigi ilmiy unvoni bilan taqdirlangan. Baxtiyar Xaydarov tashabbusi bilan kuyidagi ishlar amalga oshirilgan. Jumladan 2019 yil Xalqaro konferensiya tashkil etdi. 2022 yil UzFPIni Sport klubi tashkil etildi, 2022 yil UzDJT va SUda uslubiy kengash a’zosi, 2019 va 2022 yil Jismoniy madaniyat yo‘nalishini  o‘quv rejasiga 2 ta yangi fan kiritgan.  2020 – 2023 yildan boshlab 2 ta sport turi bo‘yicha Oliy ligaga komanda shakllantirgan. 2022-2023 o‘quv yilida 6 ta Xalqaro nufuzli Xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik shartnomalari tuzishga erishgan.

Baxtiyar Haydarov siyosiy jihatdan chiniqqan, kamtarin, halol inson, yaxshi oila boshlig‘i. Oilali, ikki nafar farzandning otasi.

# Nomi Darajasi Chop etilgan sana Yukalsh