Fakultet dekani
Mirzayev Uktam Nuritdinovich
Ko'proq ma'lumot
Fakultet dekani lavozim vazifalari
Fakultet dekani fakultet faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etadi hamda davlat ta’lim standartlari va normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlaydi.
Fakultetda o‘quv, ilmiy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtiradi, professor-o‘qituvchilar va xodimlar faoliyatini boshqaradi. Talabalar bilim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish, yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro va mahalliy hamkorlik aloqalarini kengaytirish choralarini ko‘radi.
Shuningdek, fakultetning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ichki tartib-qoidalar ijrosini nazorat qilish va rahbariyat topshiriqlarini bajarishni ta’minlaydi.
1986-yil 14-may kuni Samarqand viloyati, Payariq tumanida tug'ilgan.
2009-yilda - Samarqand davlat universiteti bakalavr bosqichini;
2011-yilda - Samarqand davlat universiteti magistratura bosqichini tamomlagan
2012-2013 yy.- Samarqand davlat universiteti stajyor – tadqiqotchi, izlanuvchisi
lmiy darajasi: Biologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dotsent
Mehnat faoliyati:
2013-2013 yy.-Samarqand davlat universiteti Zoologiya kafedrasi kabinet mudiri
2013-2019 yy.- Samarqand tibbiyot instituti qoshidagi 1-son akademik litsey o‘qituvchisi
2019-2021 yy.- Samarqand davlat universiteti Zoologiya kafedrasi assistenti
2021-2023 yy Samarqand Davlat Universiteti Biologiya fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
2023–2025 yy- Samarqand Davlat Universiteti Biokimyo instituti o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
2025–2025 yy- Samarqand Davlat Universiteti registrator ofisining akademik faoliyatini tashkil etish va yuritish sektori bosh mutaxassisi
2025-yilda O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti registrator ofisi bo'lim boshlig'i lavozimi
2025-yildan hozirgi vaqtga qadar Samarqand davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
| # | Nomi | Darajasi | Chop etilgan sana | Yukalsh |
|---|
