• Kirish

Tabiiy fanlar fakulteti

 FAKULTET TARIXI
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi “Samaqrand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 408-sonli qarori qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qaroriga asosan O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti alohida oliy ta’lim muassasasi sifatida faoliyat boshladi. Institut fakultetlaridan “Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat” fakulteti 4 ta kafedradan iborat bo‘lib, ular - 1. Aniq fanlar kafedrasi; 2. Tabiiy fanlar kafedrasi; 3. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi; 4. Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedralari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 2023-yil avgust oyida “Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat” fakulteti negizidan "Tabiiy fanla"r fakulteti ajralib chiqdi. Samarqandda tabiiy fanlar (biologiya, kimyo va geografiya) sohasidagi tadqiqotlarning boshlanishi, 1927 -1928-yillardan boshlangan. Samarqandda tabiiy fanlar sohasidagi ishlarni uch qismga bo‘lib o‘rganish mumkin. Ular quyidagilar: Biologiya, Kimyo, Geografiya.   
Tabiiy fanlar fakulteti 2 ta kafedradan iborat: 
- "Biologiya va geografiya" kafedrasi;
- "Kimyo" kafedralari.
Fakultet tarkibida quyidagi yo‘nalishlar mavjud:
- 60110900 - Biologiya 
- 60111000 - Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
- 60110800 – Kimyo
Ma’naviy-marifiy ishlar
    Fakultet talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida fakultet hamda institut rahbariyati tomonidan turli xildagi tadbirlar tashkil etilmoqda. Tabiiy fanlar fakultetida Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yillik ish reja tasdiqlangan bo‘lib, talabalarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, turli ma’naviy va mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, fakultetda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish borasida “Zakovat”, “Munozara-debat”, “Kitobxonlik”, “Quvnoqlar va Zukkolar”, “Talabalar teatr studiyasi” faoliyati ham yo‘lga quyilgan. Bundan tashqari milliy qadriyatlar va an’analar, ajdodlarimizning boy madaniy me’rosini targ‘ib yetish, milliy bayramlar, tarixiy sanalarni nishonlash, ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot-tashviqot ishlari, talalabalar turar joylarida hamda xususiy xona-donlarda yashovchi talabalar bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ijtimoiy himoya tadbirlari kabi turli sohalar bo‘yicha faoliyat olib boriladi. Fakultetda tahsil olayotgan talabalar orasidan iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni Respublika miqyosidagi o‘tkazilayotgan fan olimpiadalarida hamda Davlat stipendiyalariga tayyorlash borasida ham ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Tabiiy fanlar fakultetida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosiy maqsadi talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ruhiy-estetik dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini yuksaltirish, har xil ommaviy xurujlardan avaylab-asrash, ularni bu yo‘llardan qaytarish, Yangi O‘zbekistonning haqiqiy, vatanparvar fidoiysi bo‘lib kamol toptirish va ongi-shuurini yurt ravnaqiga dahldor qilib shakllantirishdan iborat