Ashurov Mahmud Shahobovich

Fakultet dekani

Ashurov Mahmud Shahobovich

E-pochta: mahmudashurov1982@gmail.com
Telefon raqam: +998 99 595 95 54
Qabul kunlari: Dushanba-shanba soat 08:00 dan 16:00 gacha
Manzil: Samarqand shahar Spitamen shoh 166 uy

Ko'proq ma'lumot

Fakultet dekani lavozim vazifalari

  • Fakultet dekanat faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
  • Fakultetda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta'minlash, o'quv-uslubiy, ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish, davlat ta'lim standartlari, o'quv rejalar, o'quv dasturlar bajarilishini ta'minlash;
  • O'quv mashg'ulotlarini o'tkazish jadvallari tuzishni tashkil etish va bajarilishini nazorat qilish, intizom nazoratini tashkil etish;
  • O'quv kurslarining tinglovchilari bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishi va davlat attestatsiyasida qatnashishlarini tashkil etish;
  • Fakultet tarkibidagi ta'lim yo'nalishlariga taalluqli darsliklar, o'quv va uslubiy qo'llanmalar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, boshqarish;
  • Yangi informatsion texnologiyalarning o'quv jarayoniga keng tatbiq etilishi, professor-o'qituvchilarning yangi informatsion texnologiyalarni egallashlarini ta'minlash;
  • Fakultet uslubiy Kengashi faoliyatini boshqarish;
  • Ilmiy va ilmiy-uslubiy konferentsiyalar, kafedralararo yig'ilishlar, fakultet professor-o'qituvchilari ishtirokida dolzarb mavzularda seminarlar, munozara (diskussiya)lar tashkil etish va o'tkazish;
  • Turdosh oliy va malaka oshirish ta'lim muassasalari hamda ilmiy muassasalar, jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish;
  • Vakolati doirasida murojaatlarni ko'rib chiqish.

Bilishi kerak

  • Fakultet faoliyatiga tegishli qonunlar;
  • Vazirlar Mahkamasining Qarorlari;
  • Transport vazirligining Qarorlari, buyruqlari;
  • Institut bosh direktori buyruqlarining mohiyati, institutning yillik va istiqbolli rejalarini bilishi.

Malaka talablari

  • Ta'lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo'lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlari, ta'lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va staji, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko'nikmalar;
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlar: intellekt, madaniyat, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlari, mas'uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat'iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta'minlash xususiyatlariga ega bo'lish;
  • Oliy ma'lumot, magistr, Fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasi, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo'lish;
  • Fakultet yo'nalishi bo'yicha kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega bo'lishi zarur.
  • 1982-yil 27-yanvar, Samarqand viloyati, Urgut tumani
  • 2002-2006 yy. – Samarqand davlat universiteti talabasi
  • 2007-2009 yy. – Samarqand davlat universiteti magistranti

Mehnat faoliyati

  • 2006-2007 yy. – Tayloq pedagogika kolleji o‘qituvchisi
  • 2009-2012 yy. – Tayloq pedagogika kollejida musiqa bo‘lim boshlig‘i
  • 2012-2017 yy. – Tayloq pedagogika kolleji ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
  • 2017-2019 yy. – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toyloq tuman Kengashi raisi
  • 2019-2021 yy. – Samarqand davlat universiteti san’atshunoslik fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari
  • 2019-2021 yy. – Sharoof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti san’atshunoslik fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari
  • 2022-2024 yy. – O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti san’atshunoslik fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari
  • 2024-2025 yy. – O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Aniq va amaliy fanlar fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari
  • 2025 – hozirgi vaqtgacha – Samarqand davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti dekani
# Nomi Darajasi Chop etilgan sana Yukalsh