• Kirish

Boshlang‘ich ta’lim va gumanitar fanlar fakulteti

 FAKULTET TARIXI
     Institutning "Boshlang'ich ta'lim va gumanitar fanlar" fakulteti 1966-yilda Sadriddin Ayniy nomidagi amaliyotdagi Samarqand davlat pedagogika instituti "Maktabgacha tarbiya va tarbiya uslubiyoti» nomi bilan ochilgan. 1992-yil pedagogika instituti Samarqand davlat universitetiga qo‘shilgan. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2021-yil 2-iyuldagi qaroriga ko'ra O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida "Pedagogika fakulteti" tashkil etilib, 2021-2023-o'quv yillari o'z faoliyatini olib bordi. O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Ilmiy Kengashining 2023-yil 3-iyuldagi 9-sonli qaroriga asosan "Boshlang‘ich ta’lim va gumanitar fanlar" fakulteti faoliyati tashkil etildi.
   Fakultetda quyidagi kafedralar faoliyat yuritmoqda:
-Pedagogika kafedrasi;
-Boshlangich ta’lim nazariyasi kafedrasi;
-Boshlangich ta’lim metodikasi kafedrasi;
-Psixologiya kafedrasi;
- Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi.
 Fakultet kvalifikatsiyasi:
Ta’lim yo’nalishi (Mutaxassislik) – 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim Ixtisoslik (Kvalifikatsiya) – Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi
O’qish muddati: 4 yil
Ta’lim shakli: kunduzgi, kechki
60110500 – Boshlang‘ich ta’lim yonalishi boyicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining tavsifi.
60110500 – Boshlangich ta’lim yo’nalishi boyicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari.
 - umumiy orta ta’lim maktab oquvchisi kasb standartiga muofiq umumiy orta ta’limda boshlangich sinf oqituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
- orta maxsus va professinal ta’limda boshlangich sinf oqituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
-Ozbekiston Resbublikasi Badiiy akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy pedagogik tadqiqotch ishlari bilan shugullanish;
- umumiy orta ta’lim maktabi deriktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;
- umumiy orta ta’lim maktab professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida laborant, cabinet mudiri sfatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamram oladi.
Ta’lim yo’nalishi (Mutaxassislik) – 60111100 – Tarix
Ixtisoslik (Kvalifikatsiya) –Tarix fani oqituvchisi
O’qish muddati: 4 yil 
Ta’lim shakli: kunduzgi, kechki
60111100 – Tarix yonalishi boyicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining tavsifi.
60111100 – Tarix yonalishi boyicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari.
- umumiy orta ta’lim maktab o’quvchisi kasb standartiga muofiq umumiy o’rta ta’limda tarix fani o’qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
- orta maxsus va professinal ta’limda tarix fan oqituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
-Ozbekiston Resbublikasi Badiiy akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy pedagogik tadqiqotchi ishlari bilan shugullanish;
- umumiy orta ta’lim maktabi deriktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;
- umumiy orta ta’lim maktab professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida laborant, cabinet mudiri sfatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamram oladi.
Magistratura
Ta’lim yo’nalishi (Mutaxassislik) – 70110101-Pedagogika nazariyasi va tarixi (faolyat turi bo‘yicha)
Ixtisoslik (Kvalifikatsiya) – O‘qituvchi, pedagog-tadqiqotchi
O’qish muddati: 2 yil
Ta’lim shakli: kunduzgi
70110101-Pedagogika nazariyasi va tarixi (faolyat turi bo‘yicha) ta’lim yonalishi boyicha magistratura kasbiy faoliyatining tavsifi.
70110101-Pedagogika nazariyasi va tarixi (faolyat turi bo‘yicha) ta’lim yonalishi boyicha magistratura kasbiy faoliyatining sohalari.
Pedagogika nazariyasi va tarixi magistratura mutaxassisligi qo‘shimcha ravishda oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanish, mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, ularning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish va boshqarish kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Ta’lim yo’nalishi (Mutaxassislik)
70110501-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta’lim)
Ixtisoslik (Kvalifikatsiya) – Oqituvchisi, qo‘shimcha ravishda oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish.
O’qish muddati: 2 yil
Ta’lim shakli: kunduzgi
70110501-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta’lim)
 yo’nalishi boyicha magistrlar kasbiy faoliyatining tavsifi.
70110501-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta’lim) yonalishi boyicha magistrrlar kasbiy faoliyatining sohalari.
70110501-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlangich ta’lim) magistratura mutaxassisligi qo‘shimcha ravishda oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanish, mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, ularning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish va boshqarish kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Fakultet tarkibida quyidagi yo‘nalishlar mavjud:
Bakalavr
60110500 – Boshlang‘ich ta’lim
60111100 – Tarix
Magistratura
70110101-Pedagogika nazariyasi va tarixi (faolyat turi bo‘yicha)
70110501-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang’ich ta’lim)
Fakultet tarkibida quyidagi yo‘nalishlar mavjud:
60110500 –Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi (bakalavr) 
60111100 – Tarix yo‘nalishi bo‘yicha (bakalavr)
70110101 – Pedagogika nazariyasi va tarixi (magistratura);
70110501 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (magistratura).
Ma’naviy-marifiy ishlar
Fakultet talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida fakultet hamda institut rahbariyati tomonidan turli xildagi tadbirlar tashkil etilmoqda. Tabiiy fanlar fakultetida Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yillik ish reja tasdiqlangan bo‘lib, talabalarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, turli ma’naviy va mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, fakultetda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish borasida “Zakovat”, “Munozara-debat”, “Kitobxonlik”, “Quvnoqlar va Zukkolar”, “Talabalar teatr studiyasi” faoliyati ham yo‘lga quyilgan. Bundan tashqari milliy qadriyatlar va an’analar, ajdodlarimizning boy madaniy me’rosini targ‘ib yetish, milliy bayramlar, tarixiy sanalarni nishonlash, ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot-tashviqot ishlari, talalabalar turar joylarida hamda xususiy xona-donlarda yashovchi talabalar bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ijtimoiy himoya tadbirlari kabi turli sohalar bo‘yicha faoliyat olib boriladi. Fakultetda tahsil olayotgan talabalar orasidan iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni Respublika miqyosidagi o‘tkazilayotgan fan olimpiadalarida hamda Davlat stipendiyalariga tayyorlash borasida ham ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Tabiiy fanlar fakultetida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosiy maqsadi talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ruhiy-estetik dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini yuksaltirish, har xil ommaviy xurujlardan avaylab-asrash, ularni bu yo‘llardan qaytarish, Yangi O‘zbekistonning haqiqiy, vatanparvar fidoiysi bo‘lib kamol toptirish va ongi-shuurini yurt ravnaqiga dahldor qilib shakllantirishdan iborat.