Pedagogika

Kafedra tarixi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi “Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi 408-sonli qarori asosida Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tashkil qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-73-son Farmoni asosida Samarqand davlat pedagogika instituti sifatida yuritila boshladi. Institutning Pedagogika fakultetida Pedagogika kafedrasiga asos solingan bo‘lib,  dastlab kafedra mudiri sifatida p.f.n., dots. M.A. Fayziyev ish boshlagan. Hozirda pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent E.A. Abdumannatov kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritmoqda. “Pedagogika” kafedrasi bugungi kunda Qozon federal universitetining Psixologiya va pedagogika instituti, Nizomiy nomidagi TDPUning “Umumiy pedagogika”, “Pedagogika”, “Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi”, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Pedagogika va psixologiya”, Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialining “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedralari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Bugungi kunda pedagogika kafedrasida asosiy shtatda 27 nafar, o‘rindoshlik asosida 4 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda.
Asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilardan:

  • 1 nafari pedagogika fanlari doktori, professor
  • 2 nafari pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
  • 3 nafari pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
  • 6 nafari pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
  • 2 nafar katta o‘qituvchi
  • 13 nafari assistent sifatida faoliyat olib bormoqda

Kafedraning ilmiy salohiyati 44,4% ni tashkil qilib, 2026-yil dekabrgacha ilmiy salohiyatini 60%ga oshirish rejalashtirilgan. Professor-o‘qituvchilar kafedraning bosh mavzusi “Pedagogik ta’lim jarayonida raqamli va interfaol texnologiyalar asosida o‘qitish va tarbiyalash samaradorligini oshirishning ilmiy-metodik asoslari” mavzusi doirasida ilmiy va pedagogik tadqiqotlarni amalga oshirmoqda. Kafedra a’zolari jamoat ishlarida ham faol qatnashmoqda:
Professor N. Shodiyev – ilmiy kengash hamda ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar a’zosi
Dotsent E.A. Abdumannatov – ilmiy kengash kotibi
Dotsent M.A. Fayziyev – ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar kotibi
Kafedraning asosiy faoliyat yo‘nalishlari

  • O‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish
  • Kafedra majlislarini tashkil etish va muhokama qilish
  • Professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalarini bajarilishi
  • O‘quv mashg‘ulotlarini oliy ta’lim davlat standartlariga muvofiq tashkil etish
  • Yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi kadrlarni tayyorlash
  • O‘quv dasturlarini ishlab chiqish va ularni rivojlantirilgan xorijiy mamlakatlar dasturlari bilan qiyoslash
  • O‘quv adabiyotlarini tayyorlash va xulosalar berish
  • Talabalarning malakaviy amaliyoti, bitiruv ishlari va ilmiy-tadqiqotlariga rahbarlik qilish
  • Iqtidorli talabalarni tanlash va ularni xalqaro va respublika tanlovlariga tayyorlash
  • Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
  • O‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy texnika vositalaridan foydalanish
  • Bitiruvchilar va doktorantlar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish
  • Laboratoriya ishlarini to‘liq va sifatli o‘tkazilishini taminlash
  • Axborot-resurs markazini doimiy yangilash va monitoring qilish
  • Ta’lim hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish
  • Ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va dissertatsiyalarni muhokama qilish
  • Fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va hamkorlikni kuchaytirish
  • Ilmiy-tadqiqot natijalarini muhokama qilish va nashrga tayyorlash

Kafedrada amalga oshirilgan ishlar (2021-2026)

  • 7 ta dissertatsiya muvaffaqiyatli himoya qilindi
  • 14 ta o‘quv qo‘llanma nashr etildi
  • 16 ta uslubiy qo‘llanma nashr etildi
  • 550 ga yaqin maqolalar, shundan 40 ta xalqaro ilmiy maqola

Kafedra qoshidagi to‘garaklar

  • “Talabalarni sharqona oilaviy munosabatlarga tayyorlash” (rahbar S.Xolboyeva)
  • “Til va madaniyat” (rahbar O.Berdiyorova)
  • “Yosh pedagog” (rahbar Sh.Pirnazarova)

Professor-o‘qituvchilar tarkibi

  • Abdumannotov Elbek Abdumajidovich –kafedra mudiri
  • Shodiyev Narziqul XXX – p.f.d., professor
  • Fayziyev Mirzaali Asfandiyorovich – p.f.n., dotsent
  • Bo‘riyev Hamraqul Kormishovich – p.f.n., dotsent
  • Utanov Utkir Qurbonovich – PhD, dotsent
  • Raxmatova Fotima G‘aniyevna – PhD, dotsent
  • Nematjonova Yulduz O‘tkirovna- PhD, dotsent
  • Xodjayorova Bahora Akramovna – PhD, v.v.b. dotsent
  • Karshiyev Jahongir Abdiraimovich – PhD, v.v.b. dotsent
  • Nuradinov Furqat Rashidovich – PhD,
  • Radjabov Akmal Abduxolikovich – PhD,
  • Raxmonova Maxsuda Usmanovna – PhD, katta o‘qituvchi
  • Pardayeva Gulchehra Safarovna – katta o‘qituvchi
  • Usanov Sherzod Abduaxatovich – assistent
  • Eshnazarova Gulzoda Juraqulovna – assistent
  • Qulmurodova Sayyora Safarovna – assistent
  • Muratova Nafisa Baratovna – assistent
  • Tirkashev Nodir Ilxomovich – assistent
  • Xolboyeva Sitora Zohirovna – assistent
  • Mirzoyeva Nigora Shavkatjonovna – assistent
  • Nabiyeva Dilfuza Temirovna – assistent
  • Giyasova Shaxnoza Abdurafikovna- assistent
  • Hayitova Farida Kuchkarovna – assistent
  • Mamadaminova Munisa Mahmudjon qizi – assistent
  • Normo‘minova Gulhayo Shavkat qizi – assistent
  • Pirnazarova Shaxlo Boynazar qizi – assistent
  • Berdiyorova Orzigul Qirjigit qizi – assistent