O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi

O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son, 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son, 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’limtarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmonlari, 2022-yil 21-iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-son Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda Samarqand davlat pedagogika instituti Tillar fakultetida O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘z faoliyatini olib bormoqda.
O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi Respublikamizning ta’lim tizimi uchun yuksak salohiyatli, malakali kadrlarni tayyorlashda yetakchilik qilib, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-pedagogik rivojlanishiga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelmoqda. Ayniqsa, respublikamizda ona tili va adabiyoti, ta’lim sohasi uchun zarur boʻlgan adabiyotlar, me’yoriy hujjatlarni shakllantirish, maktab oʻqituvchilarining mahoratini oshirishga yaqindan koʻmak berib kelmoqa.
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida hozirgi paytda asosiy shtatda 20 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan 2 nafari fan doktori dotsent, 1 nafari fan nomzodi, dotsent; 6 nafari filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent, hamda 2 nafari PhD assitent,  9 nafari ilmiy darajaga ega boʻlmagan professor-oʻqituvchilar faoliyat olib bormoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 55%ni tashkil qiladi. Kafedra professor-o‘qituvchilari quyidagilar:

  1. O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri dots.I.H.Yoqubov,
  2. PhD., dotsentlar: Sh.Normo‘minov,
  3. N.Ubaydullayev,
  4. S.Yuldasheva,
  5. O.Anorqulova (f.f.d.),
  6. L.Usarova,
  7. M.Raximova,
  8. F.Bo‘riyeva
  9. PhD ilmiy darajasiga ega o‘qituvchilar:
  10. S.Pardayev,
  11. Sh.Erbo‘tayeva.
  12. Assistant o‘qituvchilar:
  13. Q.Xalilov,
  14. H.Hasanov,
  15. G.Imomqulova,
  16. S.Sharipova,
  17. H.Nazarova,
  18. D.Shamsiyeva,
  19. S.Yusupov,
  20. S.Sulaymonov,
  21.  Z.Qobilova,
  22. D.Tursunovalar faoliyat ko‘rsatishmoqda

Kafedrada xorijiy o‘qituvchilar 2 nafar: 1. Turkiya Respublikasi Mugla Sitki Kochman universiteti professori Ali AKAR va 2. Turkiya Respublikasi Istanbul universiteti professori Vahit TURKlar o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida tshqi o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritadilar. Ular bakalavr ma magistrantlar talabalariga dars berib kelishmoqda.
Bugungi kunda 70110701-O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishining 1-bosqichda kunduzgi ta’limda 26 nafar, kechki ta’limda 6 nafar, 2-bosqichida 26 nafar magistrant tahsil olmoqda.
Kafedrada bugungi kunda iqtidorli talabalar bilan ishlash va “Ustoz-shogird” an’anasi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yo‘nalish qoshida bitta fan to‘garagi “Yosh tilshunos”, “Yosh adabiyotshunos” to‘garaklari faoliyat yuritmoqda.
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish va ilg‘or tajribalarni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Xususan, Turkiyaning Ordu, Mugla universitetlari, Istanbul Kultur universiteti, Ozarbayjonning Tillar universiteti, Baku davlat universitetlari, Qozog‘iston Respublikasining Al-Farobiy nomidagi milliy universitetlari bilan hamkorlik aloqalari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Kafedrada quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr va magistrantlar tayyorlanadi:
60111400-O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi bakalavr,
70110701-O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi magistratura