Psixologiya kafedrasi tarixi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi “Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 408-sonli qarori asosida Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tashkil qilindi. Unda Pedagogika kafedrasi tashkil etilgan bo‘lib Psixologiya kafedrasi 2021 yildan 2023 yil iyul oyiga qadar Pedagogika kafedrasi tarkibida faoliyat olib borgan.
Institut Ilmiy Kengashining 2023 yil 23-iyuldagi 9-sonli qarori asosida 2023 yil 31iyuldagi 112-KA buyrig’i ro‘ra Psixologiya kafedrasi mustaqil kafedra sifatida tashkil etildi. Hozirgi kunda Psixologiya kafedrasi Ijrimoiy fanlar fakulteti tarkibida faoliyat yuritib kelmoqda.
Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlaridagi mavzusi: “XXI asr fan taraqqiyoti va psixologiyaning konseptual asoslari”. Kafedra a’zolari institutning jamoat ishlarida hamda, Institut, viloyat va shahar miqyosidagi siyosiy tadbirlarda ham faol qatnashib kelmoqoda. Kafedra professor-o’qituvchilari institutdagi barcha yo’nalishlarida tahsil olayotgan bakalavr talabalariga ta’lim-tarbiya berib kelishmoqdalar.
Kafedra faoliyatining asosiy vazifalari:
-
talabalar bilimini kredit-modul tizimi asosida adolatli va shaffof baholash;
-
talabalarning bilim va ko‘nikmalarini amaliyot bilan bog‘lash uchun shart-sharoit yaratish;
-
darslik, o‘quv, uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlash va nashr etish;
-
iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni fan olimpiadalariga, turli tanlovlarga tayyorlash, ilmiy izlanishlar olib borishi va mustaqil taʼlim olishining shakl va uslublarini takomillashtirish;
-
kafedra professor-o‘qituvchilariga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun shart-sharoit yaratish;
-
mahoratli professor-o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish va ularni dars jarayoniga tatbiq etish.
Kafedrada o‘qitiladigan fan dasturlari:
Psixologiya kafedrasi tomonidan barcha ta’lim yo’nalishlari uchun mo’ljallangan 5 ta Umumiy psixologiya fan dasturi psixologiya yo‘nalishi uchun 15 ta
-
Umumiy psixologiya
-
Мutaxassislikka kirish
-
Ekperimental psixologiya
-
Rivojlanish psixologiyasi va defferensial psixologiya
-
Psixologik ma'lumotlarni qayta ishlash metodlari va texnologiyalari
-
Umumiy psixodiagnostika
-
Sotsial psixologiya
-
Klinik psixologiya
-
Psixologik trening asoslari
-
Psixologik konsultatsiya va psixokorreksiya
-
Yurudik psixologiya
-
Oila psixologiyasi
-
Mehnat va muhandislik psixologiyasi
-
Psixologiya tarixi
-
Shaxs psixologiyasi(tanlov fan) fan dasturlari ishlab chiqilgan.
Bakalavriat bosqichi:
Bakalavr bosqichida kunduzgi va kechki talim shaklida jami 75 nafar talaba, shundan
-
2-kurs kunduzgi talim shaklida 25 nafar,
-
kurs kunduzgi talim shaklida 28 nafar,
-
kurs kechki talim shaklida 22 nafar) tahsil olmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilarining tarkibi:
Kafedra ilmiy salohiyati 30% ni tashkil qiladi. Ayndi damda kafedrada asosiy shtatda 9 nafar professor-o‘qituvchilar, shundan 2 nafar dotsent 2 nafar psixologiya fanlari bo’yicha falsafa doktorlari va 5 nafar assistent, o‘rindoshlik asosida 3 nafar professor-o‘qituvchilar, shundan 1 nafar professor, 1 nafar dotsent, 1 nafar assistent faoliyat olib bormoqda.
Asosiy shtatda
kafedra mudiri, dotsent Butayeva Umida Aliboyevna,
dotsent Zaripov Otabek Murodullayevich,
Psixologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Isxakova Shahlo Ismailovna,
Psixologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Tursunov Jo’rabek Baxtiyorovich,
Karshubaeva Ra’no Hazratqulovna,
Rizakulova Sevara Isroilovna,
Abdusayitov Baxtiyor Kamoliddinovich,
Turakulova Iroda Xudoynazarovna,
Baxrieva Nafisa Nurulloyevna.
O’rindoshlik asosida
professor Azizuddin Khan,
dotsent Babayeva Shalale Rasim kizi,
Irxanova Nurjamol.
Kafedra tomonidan 2023-2025 yillar kesimida bajarilgan ilmiy ishlar
Psixologiya kafedrasidagi professor-o’qituvchilar 2023-yildan 2025 yilgacha muddatda
-
Respublika ilmiy jurnallarida 40 dan ziyod
-
Xalqaro ilmiy jurnallarida 30 dan ortiq
-
Scopus, WoS 6 ta,
-
Resp. Konferensiyalarida 100 ga yaqin
-
Xalqaro konferensiyalarida 80 ta
-
Monografiya 5 ta
-
Xo‘jalik shartnoma 8 ta,
-
Darslik 2 ta,
-
O‘quv qo‘llanma 10 dan ortiq.
-
Guvohnoma (patent, DGU, ...) 3 ta,
-
Uslubiy qo‘llnma 10 dan ortiq
Bizning dastur va loyihalarimiz:
Institut qoshida kaefdra bilan birgalikda “Insoul” psixologik maslahat markazi tashkil qilingan. Markaz doirasida professor o‘qituvchilar, talabalar va jamoatchilikka psixologik maslahat va yordam ko’rsatish ishlari yo’lga qo’yilgan. Markaz xodimlari tomonidan institut professor o’qituvchilariga pedagogik kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishga doir seminar treninglar o’tkazilib kelinmoqda.
Kafedra faoliyati davomida investitsion loyihalarda ham ishtirok etib kelmoqda. Jumladan “Yozgi maktab”, “AQSH ta’lim granti”
Kafedra qoshida talabalarda liderlik va kommunikativ qobilyatini shakllantirishga qaratilgan 3 ta to‘garak faoliyat yuritmoqda:
-
“Kelajak liderlari” to‘garagi. To‘garakning asosiy maqsadi - kelajakda talabalarni lider shaxs sifatida shakllantirishdan iborat. To‘garak a’zolari 23 nafar. To’garak rahbari Tursunov Jo'rabek Baxtiyorovich;
-
“Yosh psixologlar” to‘garagi. To‘garakning asosiy maqsadi - psixologik bilimlarni ta’lim-tarbiya nazariyasini hozirgi davr xususiy metodikasi bilan uzviylik muammolarini ishlab chiqish ko‘nikmalarini shakllantirish. To‘garak a’zolari 25 nafar. To’garak rahbari Isxaqova Shaxlo;
-
“Qalb shifokorlari” to‘garagi. To‘garakning asosiy maqsadi - soha bo‘yicha mustaqil bilim olishga yo‘naltirish va ilm-fan sohasidagi yangiliklarni tezkorlik bilan egallash xususiyatlarini shakllantirish. To‘garak a’zolari 26 nafar. To’garak rahbari Baxriyeva Nafisa.
