Kimyo

KAFEDRA TARIXI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi “Samarqand davlat universiteti qoshida O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risi”dagi 408-sonli qarori asosida Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tashkil qilingan va 2022 yilda mustaqil institut sifatida ajralib chiqgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF-73-son Farmoniga asosan O‘zbekiston – Finlandiya pedagogika instituti nomi Samarqand davlat pedagogika instituti nomiga o‘zgartirildi.
2023-yil 23- iyuldagi Institut kengashining 9-sonli qarori bilan Tabiiy fanlar fakulteti tarkibida Kimyo kafedrasi tashkil etildi.  Kafedra mudiri sifatida falsafa doktori (PhD), dotsent Bobojonov Jamshid Shermatovich faoliyatini olib bormoqda. Kimyo kafedrasida asosiy shtatda 17 nafar professor-o‘qituvchi, o‘rindoshlik asosida esa 5 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritishmoqda. Kafedrada bugungi kunda 2 nafar professor, 7 nafar dotsent, 2 nafar falsafa doktori (PhD), 1 nafar katta o‘qituvchi va 10 nafar assistentlar ishlab kelmoqda. Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlarida bosh mavzusi: “Ta’lim-tarbiya jarayonida kimyo fanini o‘qitishning dolzarb muammolari”. Kafedra a’zolari institutning jamoat ishlarida ham faol qatnashishmoqda. Kafedra a’zosi professor Musulmonov Noryigit Hasanovich SamDPI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, institut kengashi a’zosi, dotsent (PhD) Bobojonov Jamshid Shermatovich institut kengashi a’zosi sifatida faoliyat olib bormoqda. Institut, viloyat va shahar miqyosidagi tadbirlarda ham kafedra a’zolari faol qatnashib kelmoqda.
Kafedrada 60110800-Kimyo (bakalavr), 60530100 –Kimyo (bakalavr) va 70530104-Aniq va tabiiy fanlar o‘qitish metodikasi (Kimyo, magistr) yo‘nalishida 2025-2026 o‘quv yilida jami kunduzgi va kechki ta’lim shaklida mingga yaqin talabalarga ta’lim va tarbiya berib kelinmoqda.
Kafedrada hozirgi kunda Rossiya federatsiyasining “Kemirova davlat universiteti”, Qozog‘iston respulikasining “Atirau neft va gaz instituti”, Turkiyaning “Afyon kocatepe universiteti” kabi oliy ta’lim muassalari va professor-o‘qituvchilari bilan keng qamrovli hamorlik qilib kelmoqda. Kafedraning to‘rt nafar professor-o‘qituvchilari 2023-2025-yillarda xorijiy oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirib kelgan.  Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqot institutlari bilan ham hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.
Kafedra faoliyatining asosiy vazifalari:
- o‘quv va o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy va ilmiy-uslubiy yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirish;
- talabalarda kimyo faning nazariy asoslarini o‘rgatish, egallagan bilimlarini amaliyotda qo‘llash hamda laboratoriyada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish;
- bo‘lajak kimyo fani o‘qituvchilarining funksional savodxonligini oshirish;
- talabalarda mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish;
- kimyo sanoati va ishlab chiqarish korxonalari tomonidan taklif etilgan loyihalarda istirok etish, muammolarini hal qilish bo‘yicha ilmiy takliflar bilan qatnashish;
Bakalavriatda o‘tiladigan fanlar:
“Noorganik kimyo”, “Kimyo tarixi”, “Umumiy kimyo va Fizika” “Kimyoviy hisoblash”, “Anorganik kimyo”, “Modda tuzilishi”, “Analitik kimyo”, “Fizikaviy kimyo”, “Kimyoda kompyuter modellashtirish” , “Kompleks birikmalar kimyosi”, “Organik reaksiyalar mexanizimi”, “Organik kimyo”, “Polimerlar kimyosi”, “Biorganik kimyo”, “Kimyo o‘qitish metodikasi”, “Kvant kimyo”, “Kimyoviy texnologiya”, “Koordinatsion birikmalar kimyosi”, “Kimyo fanini o‘qitishda xalqaro baholash usullari”, “Elementlar kimyosi” va nomutaxassis ta’lim yo‘nalishlari uchun “Kimyo” va “Umumiy kimyo va fizika”.
Magistraturada o‘tiladigan fanlar:
“Analizning fizik-kimyoviy metodlari”, “Eksperiment qo‘yish va natijalami tahlil qilish metodikasi”, “Koordinatsion birikmalar kimyosi”, “Anorganik kimyoning nazariy asoslari”, “Kimyoda masalalar yechish metodikasi”, “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” va “Kimyo fanini o'qitishda  fanlararo integratsiya”.
Ilmiy salohiyat:
2025-2026 o‘quv yilida kafedrada 1 nafar fan nomzodi professor, 6 nafar falsafa doktori (PhD) dotsent, 2 nafar falsafa doktori (PhD), 1 nafar katta o‘qituvchi va 9 nafar assistent o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Ilmiy salohiyat 47.4% ni tashkil etmoqda.
Kafedra tomonidan 2025 yilda:

  • 1 ta falsafa doktori dissertatsiyasi;
  • 17 ta darslik, o‘quv qo‘llanma, monogfrafiya va o‘quv uslubiy qo‘llanmalar;

Shuningdek,

  • 67 ta OAKda;
  • 83 ta xalqaro ilmiy jurnalda;
  • 22 ta “Scopus” bazasidagi jurnallarda;
  • 91 ta xalqaro va respublika ilmiy konferensiyada maqola va tezislar chop etilgan.

Dastur va loyihalarimiz:
Kafedra qoshida 1 ta ilmiy to‘garak faoliyat yuritmoqda:
“Yosh kimyogar izlanuvchilar” to‘garagi. Ushbu to‘garakda 30 dan ortiq talabalar ustoz-shogird tizimida professor-o‘qituvchilar rahbarligida o‘zlarining ilmiy tadqiqot va startup loyihalari ustida ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.

Professor-o‘qituvchiIar tarkibi:

Rasmi

 

Elektron pochtasi

Asosiy shtat

  1.  

Haydarov G‘ayrat Shoyimovich

Texnika fanlari nomzodi. 2023-yildan boshlab Samarqand davlat pedagogika institutining Kimyo kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyatini davom ettirib kelmoqda. 1998-yilda “Разработка дефолиантов на основе хлоратов, 2-хлорэтилфосфоновой кислоты и этаноламинов” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. G‘.Haydarov 100 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi.

haydarovgayrat1973@gmail.com

  1.  

Kuchkarov Otabek Artikovich

Kimyo fanlari falsafa doktori (PhD). 2023-yildan boshlab Samarqand davlat pedagogika institutining Kimyo kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyatini davom ettirib kelmoqda. 2023-yilda “Polianilin va metal oksidlari asosida ammiak va amminlarni aniqlovchi sensorlar yaratish” mavzusida PhD dissertatsiyasini himoya qilgan. O.Kuchkarov 50 dan ortiq ilmiy maqolalar, 1 ta monografiya va 4 ta uslubiy qo‘llanma muallifi.

o-kuchkarov2018@mail.ru

  1.  

Tilyabov Maxsudjon Umurzokovich

Pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD). 2023-yildan boshlab Samarqand davlat pedagogika institutining Kimyo kafedrasi assistenti lavozimida faoliyatini davom ettirib kelmoqda. 2025-yilda “Bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarning funksional savodxonligini rivojlantirish asosida xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlash metodikasini takomillashtirish” mavzusida PhD dissertatsiyasini himoya qilgan. M.Tilyabov 50 dan ortiq ilmiy maqolalar, 2 ta darslik va 2 ta uslubiy qo‘llanma muallifi.

tilyabov_maq@mail.ru

  1.  

Isaqova Dilnoza Tashevna

Kimyo fanlari falsafa doktori (PhD). 2023-yildan boshlab Samarqand davlat pedagogika institutining Kimyo kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyatini davom ettirib kelmoqda. 2024-yilda “Вольтамперометрия природных и техногенных объектов с применением модифицированных screen-printed электродов” mavzusida PhD dissertatsiyasini himoya qilgan. D.Isaqova 100 ga yaqin ilmiy maqolalar, 1 ta patent va 3 ta DGU muallifi.

dilnozaisaqova1991@gmail.com

 

  1.  

Isokov Yusuf Xoriddinovich

Texnika fanlari falsafa doktori (PhD). 2025-yildan boshlab Samarqand davlat pedagogika institutining Kimyo kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyatini davom ettirib kelmoqda. 2024- yilda “Gidrometallurgiya eritmalaridan rangli metallarni ajratib olish jarayoniga faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida PhD dissertatsiyasini himoya qilgan. Y.Isokov 100 ga yaqin ilmiy maqolalar, 1 ta monografiya va 2 ta uslubiy qo‘llanma muallifi.

yxoriddinovich2001@mail.ru

 

  1.  

Xusanov Eldor Safariddinovich

Texnika fanlari falsafa doktori (PhD). 2024-yildan boshlab Samarqand davlat pedagogika institutining Kimyo kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyatini davom ettirib kelmoqda. 2024-yilda “ Tarkibida karbamid saqlagan fiziologik faol moddalar va xloratlar asosida defoliantlar olish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida PhD dissertatsiyasini himoya qilgan. E.Xusanov 50 dan ortiq ilmiy maqolalar, 1 ta monografiya va 1 ta uslubiy qo‘llanma muallifi.

husanov-eldor@mail.ru

 

  1.  

Eliboyev Ilyos  Askarovich

Kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent v.v.b.. 2024-yildan boshlab Samarqand davlat pedagogika instituti Kimyo kafedrasi v.v.b. dotsent lavozimida ishlab kelmoqda. 2024-yil “Siklodekstrin asosidagi supramolekulyar komplekslarning elektrokimyoviy va adsorbsion xossalari” mavzusidagi dissertatsiyasi ishini himoya qilgan. Eliboyev Ilyos 50 dan ortiq ilmiy maqola, 1 ta monagrafiya va uslubiy ishlar muallifi.

ilyoseliboev882@gmail.com

 

  1.  

Mamirzayev Mashrab Abdumalikovich

Samarqand davlat pedagogika instituti Kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi. 2023 yildan Samarqand davlat pedagogika instituti Kimyo kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 2007 yilda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Vazirlik stipendiyasi” sohibi, 2008 yilda “Talabalar” fan olimpiadasi g‘olibi bo‘lgan. Ilmiy faoliyati doirasida “Mahalliy xomashyolardan olingan katalizatorlar asosida metandan mezog‘ovakli uglerod olish texnologiyasini tadqiq etish” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. M.Mamirzayev 55 dan ortiq ilmiy maqola, 16 ta o‘quv-uslubiy ishlar, 6 ta o‘quv qo‘llanma va 5 ta monografiya muallifi.

mashrab87@mail.ru

  1.  

Kosimova Xurshida Rajabboyovna

Kimyo fani o‘qituvchisi. 2023-yildan Kimyo kafedrasi assistent lavozimida ishlab kelmoqda. “Immobillangan azo va antraxinon qatoridagi ba’zi organik reagentlar yordamida rux(II) va mis(II) ionlarini sorbsion-spektrofotometrik aniqlash usullarini ishlab chiqish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. X.Kosimova 30 dan ortiq ilmiy maqolalar va 1 ta uslubiy qo‘llanma muallifi.

kosimovaxurshida396@gmail.com

  1.  

Xolmirzayev Mehroj Murodullayevich

Kimyo fani o‘qituvchisi. 2023-yildan Kimyo kafedrasi assistent lavozimida ishlab kelmoqda. “Izoxinolin qatori alkalloidlarning sintezi va kimyoviy o‘zgarishlari” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. M.Xolmirzayev 20 dan ortiq ilmiy maqolalar va 2 ta uslubiy qo‘llanma muallifi.

hmexroj87@gmail.ru

  1.  

Xudoyberdiyev Bekzod Shermatovich

Kimyo fani o‘qituvchisi. 2023-yildan Kimyo kafedrasi assistent lavozimida ishlab kelmoqda. “Buiret asosida fiziologik faol moddalar sintez qilish va ular asosidagi noorganik defoliantlar olish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. B.Xudoyberdiyev 20 dan ortiq ilmiy maqolalar va 1 ta uslubiy qo‘llanma muallifi.

xudoyberdiyevbekzod361@gmail.com

  1.  

Ravshanov Maqsud Iso o'g'li

Kimyo fani o‘qituvchisi. 2023-yildan Kimyo kafedrasi assistent lavozimida ishlab kelmoqda. “Modifikatsiyalangan screen-printed elektrodlar yordamida yoqilg'ilarning tarkibidagi oltingugurt tutuvchi birikmalarini voltamperomitrik usulda aniqlash” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. M.Ravshanov 25 ga yaqin ilmiy maqolalar va 1 ta monografiya muallifi.

ravshanovmaqsudbek1@gmail.com

  1.  

Erdanov Fazliddin Faxritdinovich

Kimyo fani o‘qituvchisi. 2023-yildan Kimyo kafedrasi assistent lavozimida ishlab kelmoqda. “Oziq-ovqat maxsulotlari tarkibidagi ayrim komponentlarni aniqlovchi ion-selektiv elektrod yaratish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. F.Erdanov 25 ga yaqin ilmiy maqolalar va 1 ta monografiya muallifi.

erdanovfazliddin77@gmail.com

  1.  

Tuxsanov Feruz Sadullayevich

Kimyo fani o‘qituvchisi. 2023-yildan Kimyo kafedrasi assistent lavozimida ishlab kelmoqda. “Xinozalin va xinozalon halqasiga aldegit va ketonlar ishtirokida fasfit kislotaning birikish reaksiyasi va texnologiyasi” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. F.Tuxsanov 20 ga yaqin ilmiy maqolalar va 2 ta uslubiy qo‘llanma muallifi.

ftuxsanov078@gmail.com

  1.  

Arzimuradova Xonbuvi Jamol qizi

Kimyo fani o‘qituvchisi. 2024-yildan Kimyo kafedrasi assistent lavozimida ishlab kelmoqda. “Rux oksidi nanozarrachasining fotokimyoviy va elektrik xossalari” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda.  X.Arzimurodova 15 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar muallifi.

xonbuvi704@gmail.com

16.

Tog‘ayeva Maftuna Akramovna

Kimyo fani o‘qituvchisi. 2024-yildan Kimyo kafedrasi assistent lavozimida ishlab kelmoqda. “Bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini innovatsion kasbiy kompitensiyalarini kimyoviy eksperimentdan foydalanib rivojlantirish metodikasi” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. M.Tog‘ayeva  20 dan ortiq ilmiy maqolalar, 1 ta darslik va 3 ta uslubiy qo‘llanma muallifi.

maftunatogayeva97@gmail.com