Sayt test rejimda ishlamoqda !!!
  • Kirish

Pedagogika kafedrasi

KAFEDRA TARIXI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagiSamarqand davlat universitetining Ozbekiston-Finlandiya pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari togrisidagi 408-sonli qarori asosida Samarqand davlat universitetining Ozbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tashkil qilindi. Institutda Pedagogika fakultetida Pedagogika kafedrasiga ham asos solindi. Dastlab kafedra mudiri sifatida p.f.n., dots. M.A.Fayziyev ish boshlagan. Hozirda pedagogika fanlari boyicha falsafa doktori (PhD), dotsent E.A.Abdumannatov kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritmoqda.
Bugungi kunda pedagogika kafedrasida asosiy shtatda 28 nafar, orindoshlik asosida 4 nafar professor oqituvchilar faoliyat olib bormoqda. Ulardan 1 nafari pedagogika fanlari doktori professor, 1 nafari pedagogika fanlari nomzodi dotsent, 10 nafari pedagogika fanlari boyicha falsafa doktori (PhD), 4 nafari katta oqituvchi, 12 nafari assistent sifatida faoliyat olib bormoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 46% ni tashkil qilib, 2023-yil dekabrgacha ilmiy salohiyatni 60% ga oshirish rejalashtirilgan. Professor oqituvchilari kafedraning bosh mavzusi “Xorijiy va mahalliy ilg’or tajribalar hamda texnologiyalardan foydalanib uzluksiz ta’lim samaradorligini oshirish” mavzusi doirasida ilmiy va pedagogik tadqiqotlarni amalga oshirishmoqda.
Kafedra a’zolari jamoat ishlarida ham faol qatnashmoqda. Professor N.Shodiyev PhD.03/30.01.2020.Ped.02/06 ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar raisi, dotsent E.Abdumannatov PhD.03/30.01.2020.Ped.02/06 raqamli ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash kotibi, dotsent M.Fayziyev ilmiy seminar a’zosi sifatida faoliyat olib bormoqda.
Kafedrada ilmiy maktab yaratilgan bo’lib,
professor N.Shodiyev rahbarligida 2 nafar tadqiqotchi fan doktori (DSc), 10 ga yaqin tadqiqotchilar fan nomzodi;
dotsent M.Fayziyev rahbarligida 4 nafar tadqiqotchi pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD);
dotsent D.Begmatova rahbarligida 1 nafar tadqiqotchi pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish bo’yicha dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi.
Kafedraning asosiy faoliyat yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
  • Kafedra faoliyati  o’quv, o’quv-uslubiy,  ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni, qamrab olgan istiqbolli va joriy o’quv yili bo’yicha rejalarga muvofiq amalga oshiriladi.
  • Ushbu rejalar va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa vazifalarning bajarilishi kafedra mudiri raisligida o’tkaziladigan majlislarda muhokama etiladi. Kafedra majlislariga boshqa kafedralar va oliy ta’lim muassasalaridan xodimlar taklif etilishi mumkin.
  • Professor-o’qituvchilar va xodimlarning shaxsiy ish rejalari asosiy hujjat hisoblanib, u o’z ichiga  o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni, qamrab oladi.
  • Professor-o’qituvchilarning belgilangan tartibda tanlovdan o’tish, lavozimlarga tavsiya etish jaryonida ularning shaxsiy ish rejalarining bajarilish darajasi asosiy mezonlar hisoblanadi.
  • o’quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o’quv rejalaridagi fanlar bo’yicha belgilangan mashg’ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o’tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;
  • professor-o’qituvchilarning o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish;
  • yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;
  • davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o’quv rejalar va dasturlarini ishlab chiqish hamda ularning rivojlangan horijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish asosida takomillashtirish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish;
  • turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o’quv dasturlariga taqriz va xulosalar berish;
  • o’quv adabiyotlarini tayyorlash hamda o’quv adabiyotlariga xulosalar berish; 
  • talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertasiyalariga, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
  • talabalar bilimini xolis va obyektiv baholanishini ta’minlash va nazorat qilish;
  • iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, shu jumladan, ularni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, davlat stipendiyalari va boshqa xalqaro va respublika miqyosida turli tanlovlarda, fan olimpiadalarida ishtirok etishga tayyorlash;
  • zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini joriy etish, pedogogik faoliyat bilan shug’ullanishni boshlagan yosh professor-o’qituvchilarga pedagogik malaka va ko’nikmalarni egallashda amaliy yordam berish;
  • o’quv mashg’ulotlarida zamonaviy texnika vositalaridan, yakka tartibda o’qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish, o’qitishning zamonaviy usullari va vositalari bilan masofali o’qitish elementlarini rivojlantirish;
  • Institut bitiruvchilari hamda maskur kafedrada mustaqil izlanuvchi, tayanch doktorant va doktorant bo’lganlar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;
  • kafedrada o’qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to’liq va sifatli o’tkazilishini taminlash;
  • Institut axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o’quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to’ldirilib borilishi va yangilanishini doimiy monitoring qilish;
  • ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash bo’yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
  • ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo’yicha dissertatsiyalarni ilmiy seminarlarda muhokama etish;
  • professor-o’qituvchilarning tizimli ravishda respublika va xorijda malakasini oshirib borishini ta’minlash;
  • fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar o’tkazish, ilm-fan va oliy ta’lim sohalarida yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlar bilan ilmiy hamkorlikni kuchaytirish;
  • tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqishga joriy etishga ko’maklashish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
  • Kafedralar xususiyatidan kelib chiqib, kafedra mudiriga ta’limga oid qo’shimcha ishlar oliy ta’lim muassasasi rektori yoki vazirlik tomonidan yuklatilishi mumkin.
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 2022-2023 yillarda:
– 3 ta dissertatsiya muvaffaqiyatli himoya qilindi;
– 4 ta o’quv qo’llanma nashr etilgan;
– 4 ta uslubiy qo’llanma nashr etilgan;
–  OAK tasarrufidagi jurnallarda 50 ga yaqin maqolalar nashr etildi. Shundan 10 ta xalqaro ilmiy maqola;
Kafedra qoshida 3 ta to’garak   faoliyat  yuritmoqda
– “Temuriy malikalar izdoshlari”(rahbar D.Qurbonova)
– “Pedagogik mahorat” (rahbar S.Xolboyeva)
– “Yosh pedagog” (rahbar M.Rahmonova)
Professor-o‘qituvchilar tarkibi:
Hozirgi kunda kafedrada 28 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritib kelmoqda;
1 nafari pedagogika fanlari doktori professor;
1 nafari pedagogika fanlari nomzodi dotsent;
10 nafari pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD);
4 nafari katta o’qituvchi;
12 nafari assistent