Sayt test rejimda ishlamoqda !!!
  • Kirish

Maktabgacha ta`lim kafedrasi

                                               KAFEDRA TARIXI
Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi 2018-yil 24-avgustda Samarqand Davlat Universiteti ilmiy kengashining 13 qarori va universitet rektorining 584-ij sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan. 2022-yil 21-iyundagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi  PQ-289-son  asosan  SamDUning O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tarkibida  Maktabgacha ta’lim fakulteti tashkil etilgach, kafedra mazkur fakultet tarkibida qayta tashkil etildi. 2023 yil sentyabr oyidan Jismoniy tarbiya, sport va maktabgacha ta’lim fakulteti tarkibida  Maktabgacha ta’lim kafedrasi qayta tashkil etildi.
Hozirda kafedraga p.f.n. prof Sh.N.Fayzullayev rahbarlik qilmoqda. Kafedrada asosiy shtatda 23 nafar o’qituvchi, o’rindoshlik asosida 16 ta, soatbay o’qituvchilar soni 1 nafarni tashkil etmoqda. Kafedra salohiyati 18% foizni tashkil etadi. O’rindoshlik asosida 2 nafar professor, 3 nafar dotsent, 1 nafar PhD professor-o’qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Kafedraga Pedagogika kafedrasi o’qituvchisi Xodjayarova Bahora soatbay o’qituvchilik faoliyatini olib bormoqda. Kafedra negizida 70110201- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) magistratura yo’nalishi ham tashkil etilgan bo’lib unda 14 nafar magistrlarga kafedraning 2 nafar professor, 3 nafar dotsentlari saboq berishmoqda.
              Kafedrada ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishga, iqtidorli talabalar bilan ishlashga katta e’tibor qaratilgan. Kafedraning bosh mavzusi: Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishda ilmiy amaliy innovatsiyalarning pedagogik ahamiyati. 
        Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘yicha kafedraning 2023-2030 yillarga mo‘ljallangan rejasi tuzilgan bo‘lib, bunga professor-o‘qituvchilar jalb etilgan, ular o‘z mavzular bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqdalar: 
        Iqtidorli talabalar har yili aprel oyida o‘tkaziladigan an’anaviy talabalar ilmiy anjumanlarda o‘zlarining ma’ruzalari bilan qatnashib kelmoqdalar. Kafedra qoshida “Mohir qo’llar” va “Yosh ijodkor” to‘garagi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ularda 70 nafardan ortiq talabalar qatnashmoqda. To‘garaklarda taniqli olimlarning ijodiy ishlari o‘rganiladi va talqin etiladi, bundan tashqari, talabalar o‘zlarining ijodiy ishlari bilan tanlovlarda qatnashib kelmoqdalar.
Kafedra faoliyatining asosiy vazifalari:
– o‘quv va o‘quv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy va ilmiy-uslubiy yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirish;
– talabalarda ijojiy qo’l motorikasini rivojlantirish, tarbiyachilik mahorati,  yozish va gapirish ko‘nikmalarini shakllantirish;
– mutaxassislik fanlarini, MTT da mashg’ulotlarni tashkil etish malakalarini shakinlantirish ;
– talabalarda  ijodiy ishlar yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish;
– Yetuk olimlarning asarlari bilan tanishtirish, asarlarni tahlil  qilish ko‘nikmasini shakllantirish;
– institut miqyosida va mamlakatimiz bo’ylab xalqaro miqyosdagi ko’rgazmalarda ishtirok etish ;
– talabalarda  milliy va san’atimiz haqida tushunchalarni shakinlantirish  
Bakalavriatda 24 ta fan:
Maktabgacha ta'lim-tarbiyani tashkil etish
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi
Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o`rgatish
Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi
Bolalar jismoniy tarbiyasi
Nutq o'stirish metodikasi
Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi
Tanlov fan. Ona tili va bolalar adabiyoti
Tanlov fan. Maktabgacha ta'limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish
Tanlov fan. Maktabgacha ta'limda etnopedagogika
Tanlov fan. Ona tili va bolalar adabiyoti
Tanlov fan. Maktabgacha ta'limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish
Tanlov fan. Ekalogik ta`lim texnalogiyalari
Tanlov fan.Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi
Maktabgacha pedagogika (o`zbek)
Maktabgacha ta'limning me'yoriy asoslari(o`zbek)
Maktabhgacha ta`limda menejment(o`zbek )
Boalar psixologyasi va psixodiagnostikasit(o`zbek )
Boalalarning ijtimoiy moslashuvit(o`zbek )
Bolalar nutqini o`stirish nazariyasi va metodikasi
Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi
Tanlov fan.Maktabgacha ta`limda "Atrofimizda olam" mashg`ulotlarini tashkil etish metodikasi.
Tanlov fan.Maktabgacha ta`limda bolalarni mantiqiy fikrlashga o`rgatish metodikasi
Tanlov fan.Maktabgacha ta`limda logopedik o`yinlardan foydalanish   (o`zbek)  
Magistraturada 7 ta fan:
  1. Maktabgacha ta’limda innovatsion faoliyat (magistratura)
  2. Maktabgacha ta’limda ta’lim va tarbiya texnologiyalari (magistratura)
  3.   Maktabgacha ta’lim metadologiyasi (magistratura)
  4.  Tanlov fan.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ish hujjatlarini yuritish (magistratura)
  5. Oliy ta’limda mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi (magistratura)
  6. Kasbiy ma’naviyat (magistratura)
  7. Maktabgacha ta’limni boshqarishning ilmiy asoslari (magistratura)                     
Ilmiy salohiyat
2023– 2024-o‘quv yili boshiga kelib, Kafedra salohiyati 18% foizni tashkil etadi. O’rindoshlik asosida 2 nafar professor, 3 nafar dotsent, 1 nafar PhD professor-o’qituvchilar faoliyat olib bormoqda.
 Kafedra tomonidan 2022-2023 yillarda:
– 1 ta ilmiy ish;
– 40 ta OAKda;
– 30 ta xalqaro ilmiy maqola;
– 20 Respublikamiz miqyosida  maqola chop etilgan.
Shuningdek,
– 1 ta xalqaro  ilmiy konferensiya o‘tkazilgan.
Bizning dastur va loyihalarimiz:
Kafedra qoshida 2 ta ijodiy  to‘garak faoliyat yuritmoqda:
1.“Mohir qo’llar”
Ilmiy-ijodiy to’garagi 2022-2023 o’quv yilining sentyabr oyidan boshlab faoliyat olib boramoqda. Mashg’ulotlar Jismoniy tarbiya, sport va maktabgacha ta’lim  fakulteti “Maktabgacha ta’lim” kafedrasining 205-auditoriyada tashkil qilindi. Ushbu to’garakga maktabgacha ta’lim yo‘nalishining 35 nafar talabalari ishtirok etib kelmoqda. Ular rejada  ko’rsatilgan mavzularda  ijodiy izlanishlar olib bordmoqdalar.   Talabalar to’garak jarayonida talabalarda ijojiy qo’l motorikasini rivojlantirish, tarbiyachilik mahorati,  yozish va gapirish ko‘nikmalarini shakllantirish mavzularda ishlar  bajarilmoqda.
2. “Yosh ijodkor
 Ilmiy-ijodiy to’garagi 2022-2023 o’quv yilining sentyabr oyidan boshlab faoliyat olib bormoqda. Mashg’ulotlar Jismoniy tarbiya, sport va maktabgacha ta’lim  fakulteti “Maktabgacha ta’lim” kafedrasining 201-auditoriyada tashkil qilindi. Ushbu to’garakga maktabgacha ta’lim yo‘nalishining 35 nafar talabalari ishtirok etib kelmoqda.To’garak faoliyatida dastlabki mashg’ulotda Yetuk olimlarning asarlari bilan tanishtirish, asarlarni tahlil  qilish ko‘nikmasini shakllantirish bilan boshlandi. Ular rejada  ko’rsatilgan mavzularda  ijodiy izlanishlar olib bordmoqdalar.   Talabalar to’garak jarayonida talabalarda  ijodiy ishlar yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish mavzularida ishlar  bajarilmoqda.
Professor-o‘qituvchilar tarkibi:
Hozirgi kunda kafedrada 23 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritib kelmoqda.
Bizning o‘qituvchilarimiz doimiy ravishda o‘z ustida ishlaydi, xorijiy hamkasblari bilan tajriba almashib, malaka va bilimini oshirib boradi.
Bugungi kunda kafedrada  2 nafar professor , 1 nafar dotsent, 1 nafar Falsafa  fanlari nomzodi  (PhD), 3 nafar katta o’qituvchi va 16 nafar assistent  o‘qituvchilar   faoliyat yuritmoqda.
Kafedramiz o‘qituvchilari 1 ta darslik, 5 ta o‘quv-qo‘llanma muallifidir.
Shuningdek, 14 nafar mustaqil-izlanuvchi o‘quv-uslubiy jarayonda ishtirok etadi.