Sayt test rejimda ishlamoqda !!!
  • Kirish

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi

KAFEDRA TARIXI
Oliy va orta maxsus talim vazirligi tomonidan 2016-yil 16-dekabrda tasdiqlangan buyrugiga asosan Samarqand davlat universiteti rektorining 2017-yil 11-yanvardagi 19-ij buyrugiga, binoanJismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasikafedrasi tashkil etilgan. Ushbu kafedraning tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak 1968-1969-o’quv yilida tashkil etilgan. Chunki o’sha kafedrada faoliyat olib borgan professor-o’qituvchilarning ba’zilar hozirga qadar faoliyatini davom ettirib kelmoqda. 1968-2016-yillar davomida “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi” kafedrasi mudiri lavozimida quyidagicha yillarda professor-o’qituvchilar kafedrada o’z faoliyatini olib borgan:
1969-1974-yillar Marakonov Boris Pavlovich
1974-1978-yillar Arutyunov Vladimir Ashertovich
1978-1984-yillar Xasanov Raxmat Sodikovich
1984-1989-yillar Eshnazarov Jo’raqul Eshnazarovich
1989-1990-yillar Tamarov Vladimir Danilovich
1990-1997-yillar Babkin Viktor Mixaylovich
1997-1999-yillar Masharipov Yo’ldosh Masharipovich
1999-2008-yillar G’ulomov Aslam Xamzayevich
2009-2011-yillar Ermatov Eshanazar Shermamatovich
2012-2014-yillar Toshmurodov Otabek Erkinovich
2014-2015-yillar Dusanov Uchqun Suyunovich
2016-2017-yillar Boltayev Zayniddin Boltayevich
2018-2021-yillar Qosimov Bekzod Zoirovich
2021-yildan hozirga qadar Eshnazarov Jo’raqul Eshnazarovich mudir lavozimida faoliyat olib yuritib kelmoqda.
Kafedrada 1968-2021-yillar davomida faoliyat olib borgan professor-o’qituvchilardan B.P.Marakanov, X.T.Rafiyev, B.T.Haydarov, B.B.Kipchakov, Y.Masharipov, U.S.Dusanov, M.F.Raximov, K.S.Umarov, Y.Q.Ismoilovlar kafedraning taraqqiyoti uchun fidoiy xizmat qilishgan.
Kafedrada  13 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatishmoqda.
Professor-o’qituvchilar tarkibi 2 nafar fan nomzodi-professor, 3 nafar fan nomzodi-dotsent, 2 nafar katta o’qituvchi  va 7 nafar assistentlardan iborat, jami 13 nafar professor-o’qituvchi faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 57% ni ta    shkil etadi.
Kafedra ptofessor-o’qituvchilari <<60112200   -   JIsmoniy madaniyat>> ,  << 60111900  -  Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport >> , <<61010300  -  Sport faoliyati >>   ta’lim yo’nalishida va bundan tashqari kafedra  qoshida <<70112201  -  Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi>> magistratura mutaxassisligida tahsil olayotgan talabalarga yuqori saviyada ta’lim berishmoqda.

Kafedra faoliyatining asosiy vazifalari:
– o‘quv va o‘quv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy va ilmiy-uslubiy yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirish;
– Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarda tashkil qilish,masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish ishlarini amalga oshirish;
– Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash;
– Bitiruvchilarni ishga taqsimlash, bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyasining mavzularini shakllantirish, budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;
– OTM (oliy ta’lim muassasasi) va mazkur kafedrada stajor-tadqiqotchi-izlanuvchilari bilan muntazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;
– Kafedra ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazish, ta’lim xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish;
– Talabalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilish, kichik korxonalarda, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
– Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofik tuzilgan o‘quv rejalardagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;
– Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;
– Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan, xorijiy olimlar bilan ham mualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;
– Kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha DTS, o‘quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;
– Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlarni yaratish;
– Kafedraning respublika ilmiy, ilmiy-metodik tashkilotlari hamda xorijiy turdosh muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va b.
Bakalavriat yo‘nalishidagi majburiy fanlar:
60112200   -   Jismoniy madaniyat
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi
Sport inshoatlari
60111900  -  Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport,
Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya
Boshlang’ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy tarbiya va sport metrologiyasi
61010300  -  Sport faoliyati
Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti
Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi
Jismoniy tarbiya olimpiya harakati tarixi
Bakalavriat yo‘nalishidagi tanlov fanlar:
60112200   -   Jismoniy madaniyat
Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish
Sport inshoatlari
60111900  -  Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport ,
Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti
61010300  -  Sport faoliyati
Sport inshoatlari
Magistratura yo‘nalishidagi majburiy fanlar:
70112201  -  Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi
Jismoniy tarbiya sohasida ilmiy faoliyatni tashkil qilish.
Jismoniy rivojlanishni tibbiy fezalogik va nazariy hamda amaliy asoslari.
Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metadologiyasi.
Jismoniy madaniyat bakalaviriat ta’lim yo’nalishida o’quv jarayonlarini tashkil qilish.
Magistratura yo‘nalishidagi tanlov fanlar:
70112201  -  Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi
Jismoiy madaniyatni o’qtishda innovatsion pedagogik texnologiyalar
Sport pedagogika
Sport menijmenti
Adabtiv jismoniy tarbiya
Jismoniy tarbiya bo’yicha mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash
Kafedra tomonidan 2022-2023 yillarda:
– 100 ta ilmiy ish:
– 30 ta OAK jurnallarida;
– 45 ta xalqaro jurnallarda ilmiy maqola chop etilgan.
Shuningdek,
– 25 ta xalqaro  ilmiy konferensiyalarda masofadan ishtirok etilgan.
KAFEDRANING HOZIRGI KUNDAGI FAOLIYATI
Kafedrada o`quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar to`g`ri yo`lga qo`yilganligi sababli bir qator yutuqlarga erishib kelinmoqda.Jumladan, kafedra bakalavr va magistr talabalarimiz “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va metodikasi” fanidan  respublika talabalar fan olimpiadalarida yuqori natija ko’rsatib kelmoqda.
2022-yilda kafedra assistent o‘qituvchilari Yo.Ismoilov, Z.Rasulovlar katta o’qituvchi lavozimini oldilar. Kafedra katta o‘qituvchisi  G.X.Xolboyeva dissertatsiya ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilib, pedagogika fanlar bo`yicha falsafa doktori(PhD) ilmiy darajasini oldilar.