Sayt test rejimda ishlamoqda !!!
  • Kirish

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi

KAFEDRA TARIXI 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi “Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 408-sonli qarori asosida Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tashkil qilindi. Institutda Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakultetida O‘zbek tili va adabiyoti, ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasiga ham asos solindi. Hozirda kafedra mudiri dotsent Berdiyev Xusan Xolnazarovich. Kafedrada hozirgi vaqtda asosiy va o‘rindosh shtatdagilarda (18 nafar) 1 nafar fan doktori, professor, 1 nafar fan doktori, dotsent, 2 nafar fan nomzodi, dotsent, 1 nafar fan nomzodi, v.b.dotsent, 3 nafar dotsent  (PhD), 1 nafar v.b.dotsent  (PhD),  2 nafar katta o‘qituvchi (PhD),  7 nafar assistent va 1 nafar kabinet mudiri faoliyat olib bormoqda. Kafedrada professor-o‘qituvchilarning o‘rtacha yoshi 42 ni tashkil etadi. Kafedra ilmiy salohiyati 58 % ni tashkil qiladi.
Hozirda kafedrada 60111400 - O‘zbek tili va adabiyoti bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 70111401 - O‘zbek tili va adabiyoti magistratura mutaxassisliklari mavjud. 

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
“O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari o‘zlarining tasdiqlangan shaxsiy ish rejalari asosida ish olib bormoqdalar. Har bir professor-o‘qituvchi shaxsiy ish rejasida ko‘rsatilgan soatlar miqdori bo‘yicha faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti va Filologiya fakulteti jamoat ishlarida jonbozlik ko‘rsatib kelishmoqda. Har o‘quv yilining dastlabki kunlaridan boshlab Respublikamizning Mustaqillik bayrami shodiyonasiga yo‘nalishdagi professor-o‘qituvchilari va talabalar bir tan, bir jon bo‘lib bayram tayyorgarligi ko`rishadi, yuksak darajada tashkil etadi.
O‘quv yili davomida kafedra, fakultet, institut, shahar hamda viloyat miqyosidagi tadbirlarda muntazam ishtirok etadi. 
Institut talabalar turar joyida talaba-yoshlarning axloqiy, ma’naviy kamolotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, psixologik tushkunlik, stress holatlaridan chiqib ketishi, o‘z-o‘zini anglashiga ijobiy ta’sir etish maqsadida  “Qiz bola odobi bilan go‘zal”, “Farzandlik burchlari” kabi mavzularida ochiq davra suhbatlari imkon qadar tez-tez o‘tkazib turiladi.
21-oktabr sanasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligi munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!” mavzusida institut faollar zalida, fakultetlarda hamda institut kutubxona o‘quv zalida turli tadbirlar, chellendjlar tashkil etildi. 
TTJ da xotin-qizlarga doir reja asosida “Uy -ro‘zg‘or maktabi” to‘garagida kafedra a’zolari faol ishtirok etmoqda.
Yil davomida “Til bayrami”, “1-oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni”, “Mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilingan kun”, “14-yavar – Vatan himoyachilari kuni”, buyuk so‘z san’atkorlari Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud sanalari, “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami”, “Navro‘z umumxalq bayrami” va shu kabi tadbirlarning tashkillashtirilishida, ssenariylarini tuzishda kafedra jamoasi ishtirok etib kelmoqda.
Institut miqyosida o‘tkazilgan “Kitobxon talaba” va shu kabi o‘nlab ko‘rik-tanlovlarga talabalarni tayyorlash va tanlovlar hay’at a’zolari sifatida ham kafedra o‘qituvchilari faol.
Shuningdek, kafedra Samarqand yozuvchilar uyushmasi qoshida tashkil etilgan “Sadoqat” adabiy to‘garagiga, viloyat teleradiokompaniyasi, viloyat A.S.Pushkin nomidagi kutubxonasi bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Fakultet talabalari bilan adiblar va taniqli olimlarning uchrashuvini tashkil etishda ham salohiyatli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan bir qatorda, dars mashg‘ulotlari asosida talabalar bilan uzluksiz ravishda sayohatlar, madaniy uchrashuvlar ham yo‘lga qo‘yilgan. 
Kafedra tomonidan bajarilgan quyidagi ishlarni ham alohida ko‘rsatish mumkin:
Tarbiyasi og‘ir, tushkunlikka tushgan talabalar bilan doimiy suhbatlar olib borilishi, muammolariga yechim topilishi doimiy o‘rganilmoqda.
Ijarada turadigan talabalar holidan xabar olish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Bunda dekan o‘rinbosari va tyutorlar bilan birga hamkorlik qilinadi.
Kafedraning bosh ilmiy-tadqiqot ishlaridagi mavzusi: “Davlat tili ta’limining funksional xususiyatlari”. Kafedrada yaratilayotgan ilmiy tadqiqotlar, maqola va tezislar shu mavzu atrofida bajarilmoqda.
Yuqorida keltirilganidek, kafedra a’zolari institutning jamoat ishlarida ham faol qatnashmoqda. Jumladan, kafedra mudiri dotsent Berdiyev Xusan Xolnazarovich instituti jurnali tahririyati a’zosi, fakultet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi katta o‘qituvchisi (PhD) Anorqulova Ozoda fakultet, institut va viloyat miqyosida o‘tkaziladigan ma’naviy-marifiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Kafedra faoliyatining asosiy vazifalari:
– o‘quv va o‘quv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy va ilmiy-uslubiy yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirish;
– talabalarda o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi fanlarini o‘qitish ko‘nikmalarini shakllantirish;
– muhim metodik tushunchalarni o‘rganish, qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish;
– talabalarda mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish;
– ularni bo‘lg‘usi o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi sifatida tayyorlashda bilim, ko‘nikma va malakalarini hosil qilish;
magistranlarni keyingi ilmiy faoliyatga yo‘naltirish.
Bakalavriatda 8 ta asosiy fan mavjud:
O‘zbek shevalari
Hozirgi o‘zbek adabiy tili
O‘zbek adabiyoti
 Jahon adabiyoti
Tilshunoslik asoslari
Adabiyotshunoslik asoslari
O‘zbek folklori
Davlat tilida ish yuritish
Tanlov fanlar 1 ta:
O‘zbek tilining tarixiy leksikografiyasi
Magistrturada 4 ta asosiy fan mavjud:
O‘quv topshiriqlarini tuzish metodikasi
Mumtoz tarixiy poetika
Istiqlol davri adabiyotining nazariy masalalari
Filologik ta’limda baholash nazariyasi va amaliyoti
Tanlov fanlar 4 ta:
Oliy filologik ta’lim
Filologik ta’limda pragmatik yondashuvlar
Amaliy tilshunoslik
Adabiy ta’limda innovatsion yondashuvlar

Kafedra tomonidan 2022-2023 yillarda:
18 ta OAKda;
8 ta xalqaro ilmiy maqola;Shuningdek,
5 ta xalqaro  ilmiy konferensiya o‘tkazilgan
 3 ta o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar
2 ta monografiya
 3 ta darslik chop etilgan.
Bizning dastur va loyihalarimiz:
O‘tovsozlik leksikasi bo‘yicha loyiha Respublika bosqichida Innovatsion yarmarkaga taqdim etilgan.
Kafedrada quyidagi to‘garaklar faoliyat olib bormoqda:

“Yog‘du” to‘garagi a’zolari soni  43 nafar
To‘garak rahbari: Erbutayeva Shalola Utkirovna

To‘garak a’zolari va talaba yoshlardan iborat iqtidorli talabalarning 10 ga yaqin maqolalari nashr etilgan. Olib borilgan ishlar bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirib qo‘yilgan.