Sayt test rejimda ishlamoqda !!!
  • Kirish

Musiqa ta`limi kafedrasi

KAFEDRA TARIXI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi “Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to’g’risi”dagi 408-sonli qarori asosida Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tashkil qilindi. Institutda San’atshunoslik fakultetida “musiqa ta’limi” kafedrasiga ham asos solindi. Kafedraning birinchi mudiri pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Mustafayev Shomurod Normo’minovich o’z ish faoliyatini yuritdi. Hozirgi vaqtga kelib musiqa ta’limi kafedrasida pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Boltayev Baxtiyor Rustamovich kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedrada asosiy shtatda 17 nafar prof-o’qituvchilar o’z faoliyatini olib bormoqda. Jumladan 2 nafar professor, 5 nafar dotsent, 4 nafar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 1 nafar katta o‘qituvchi va 9 nafar assistentlar faoliyat olib bormoqda. Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlaridagi mavzusi: “Bo’lajak musiqa ta’limi o’qituvchilarini innovatsion texnologiyalar orqali kasbiy kompitentliligini takomillashtirish”. Kafedra a’zolari institutning jamoat ishlarida ham faol qatnashmoqda. Institut, viloyat va shahar miqyosidagi siyosiy tadbirlarda ham kafedra a’zolari va musiqa ta’limi talabalari  faol qatnashib kelmoqda. Musiqa ta’limi kafedrasi 60111300 - musiqa ta’limi yo’nalishi va 70111301-magistratura mutaxassisligiga ixtisoslashgan. 
Kafedrada faoliyat olib borayotgan Boltayev Baxtiyor Rustamovich tomonida keying yillarda 2 ta xalqaro  va 5 ta mahalliy OAK jurnallarida maqola chop ettirilgan, bundan tashqari 2022 yil dekabr oyida  “Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o‘smirlarni millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash yo‘llari (mehribonlik uylaridagi badiiy to‘garaklar misolida)” 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo’yicha (Phd) dessertatsiyasini himoya qildi. Musiqa ta’limi kaferdasi v.v.b dotsenti  Omanqulova Shohida Nematillo qizi tomonida xalqaro va mahalliy OAK jurnallarida ko’plab maqolalar chop ettirilgan, shu bilan birga “Cholg’u ijrochiligi” nomli o’quv qo’llanma № 34, soni bilan nashr ettirildi. Shu bilan bir qatorda. “Bo’lajak musiqa ta’limi o’qituvchilarini modulli o’qitish texnologiyalari asosida kasbiy kompetentliligini takomillashtirish” mavzusida (Phd) doktorlik dessertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. “Bo’lajak musiqa o’qituvchilarini modullio’qitish texnologiyalari asosida kasbiy kompetentliligini takomillashtrish” nomli monografiyasini nashr ettirdi. Kafedra dotsenti Qudratov Ismatilla 2022-2023 o’quv yili moboynida 3 ta xalqaro konfrensiyalarda maqolalari chop  ettirilgan bo’lib, 2 OAK mahalliy junallarida ham maqolasi chop ettirilgan,  “An’anaviy xonandalik” nomli darsligini nashr ettirgan. Kafedra assistent o’qituvchisi Pardayev Sobit Abdivali o’g’li 2022-2023-o’quv yilida 6 ta xalqaro va 4-mahalliy OAK jurnallarida maqolalari chop ettirgan, 2021-2022 o’quv yilida “Art marketing” nomli o’quv qo’llanmasi va 2022-2023 o’quv yilida esa “Bastakorlik san’ati” nomli o’quv qo’llanmasi nashr ettirilgan. “Uzluksiz mа`nаviy tаrbiyaning mа`rifiy texnologiyalаrini modernizаtsiyalаsh (“Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasi”ni amalga oshirishning IV bosqichi misolida)” mavzusida (Phd) pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori, ilmiy darajasini olish uchun 06.05.2023 dissertatsiyasini himoya qildi. 2023-yil 17-fevralda Davronova Go‘zal Mardanovna “Bo’lajak musiqa o’qituvchilarida hamkorlikda o’qitish texnologiyalari vositasida ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish” mavzusiqa o’z dissertatsiyasini himoya qildi Kafedra assistenti Hamroyeva Umida Shonazarovna 2022-2023 o’quv yilida 1-xalqaro jurnalda ilmiy maqola chop ettirgan, shu bilan birga “Oliy ta’lim muassasalarida amaliy mashg’ulotlarni reproduktiv ta’lim usullari orqali takomillashtirish. (musiqa fanlari misolida)” mavzusida (Phd) doktorlik dessertatsiyasi ustida tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Keying yillarda “musiqa to’garaklarini tashkil etish” nomli o’quv qo’llanmasini nashr ettirgan. Musiqa ta’limi kafedrasi assessenti Tuyunov Muzrof Obloqulovich 2022-2023 o’quv yilida xalqaro jurnallarda 2 ta, mahalliy  OAK jurnallarida 1 ta maqola nashr ettirdi va “dirijorlik” nomli o’quv qo’llanmasi nashr ettirilgan.  Musiqa ta’limi kafedrasi katta o’qituvchisi Hamroqulov Naimjon Bahronovich xalqaro jurnalda 1 ta, mahalliy jurnalda 2 ta maqola chop ettirgan, shu bilan birga “Bastakorlik san’ati” nomli o’quv qo’llanmasini ham mualliflikda nashr ettirgan. Kafedra assistenti Boliyev Uchqun Ismatovich “Guruhda talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash (musiqa ta’limi talabalari misolida)” mavzusida (phd) dissertatsiyasini himoya qilish arafasida. Kafedra asistent-o’qituvchilari tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari faol tarzda olib borilmoqda. 2022-2023 o‘quv yili uchun musiqa ta’limi kafedrasida 168 nafar talaba tahsil olmoqda.
Musiqa taʼlim yoʼnalishi – umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o‘rta ta’limda musiqa madaniyati  fani o‘qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
- O‘rta maxsus va professional ta’limda musiqa madaniyati fani o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
- O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;
umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;
- umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’limda laborant, kabinet mudiri sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.
Musiqa taʼlim yoʼnalishi - Standart talablari asosida musiqa ta’lim  oʼqituvchisi uchun zarur boʼlgan bilim, koʼnikma va malakalarni oʼzlashtirishga nazariy va amaliy yordam beradi. Olingan nazariy bilimlarni amaliyotga qo’llashga qaratilgan bo’lib, uning mohiyati  ta’lim tizimida rivojlanayotgan zamonaviy o’zgarishlarni musiqa darslarda o’quvchilarda to’g’ri yo’nalishda rivojlanishiga yordam beradigan yetuk, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashni koʼzda tutadi.
Ilmiy salohiyat
Bugungi kunda musiqa ta’limi kafedrasining 2022-2023-o’quv yilida  ilmiy salohiyat 36,6% ni tashkil qilgan. 2023-2024 o’quv yilidan boshlab kafedraga qabul qilingan yangi pedagog-o’qituvchilar hisobiga nisbatan 29.9 % ni tashkil qilmoqda.  Musiqa ta’limi kafedrasining bosh mavzusi “Bo’lajak musiqa ta’limi o’qituvchilarini innovatsion texnologiyalar orqali kasbiy kompetentliligini takomillashitirish” deb nomlanadi. Hozirga qadar kafedra professor – o‘qituvchilari mavzu asosida bir qancha uslubiy qo‘llanmalar, uslubiy tavsiyalar va ilmiy maqolalar chop erttirishgan. Bularning barchasi viloyat va Respublikada musiqa ta’lim tarbiyasida musiqa o’qituvchilari uchun muhim metodik manba bo’lib xizmat qilib kelmoqda.
Kafedra tomonidan 2022-2023 yillarda:
– 13 ta xorij jurnallarida;
– 9 ta mahalliy OAK tassarufidagi;
– 18 ta xalqaro hamda mahalliy konferinsiyalarda tezislar;
– 8 ta “Scopus” bazasida maqola chop etilgan.
– 4 ta O’quv qo’llanma;
– 1 ta darslik.
Kafedra qoshida 4 ta ilmiy to‘garak faoliyat yuritmoqda:
Musiqa ta’limi kafedrasida to’garaklar faoliyati tizimli ravishda yo’lga qo’yilgan bo’lib, unga barcha talabalar muntazam qatnashib kelishmoqda. Musiqa ta’limi kafedrasida to’rtta yo’nalishda to’garaklar tashkil qilingan. Bular tanburchilar to’garagi, dutorchilar to’garagi, rubobchilar to’garagi, hamda vokalchilar to’garaklari tashkil qilingan. To’garaklar belgilangan jadval asosida haftasiga bir kun tashkil qilinadi. 
Musiqa ta’lim kafedrasida to’garaklar faoliyatini rivojlantirish maqsadida to’garak rahbarlari hamda talabalar doimiy ravishda rag’batlantirilib turadilar.  To’garaklar vaqtida talabalardagi yashirin ijodiy qobilyatlari aniqlanadi. Bundan tashqari to’garaklar muobaynida talabalar qo’chimcha cholg’ularni o’rganadi. Kafedrada vakalchilar to’garagida yangidan – yangi ovozlar aniqlanib institut va viloyat miqiyosidagi bayramlarga muntazam jalb qilinib kelmoqda.
Professor-o‘qituvchilar tarkibi: 
Hozirgi kunda kafedrada 17 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritib kelmoqda. 
Bizning o‘qituvchilarimiz doimiy ravishda o‘z ustida ishlaydi, xorijiy hamkasblari bilan tajriba almashib, malaka va bilimini oshirib boradi.
Bugungi kunda kafedrada asosiy shtatda 17 nafar prof-o’qituvchilar o’z faoliyatini olib bormoqda. Jumladan 2 nafar professor, 5 nafar dotsent, 4 nafar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 1 nafar katta o‘qituvchi va 9 nafar assistentlar faoliyat olib bormoqda..
Kafedramiz o‘qituvchilari 2 ta darslik, 1 ta monografiya va 4 ta o‘quv-qo‘llanma muallifidir.