Sayt test rejimda ishlamoqda !!!
  • Kirish

Psixologiya kafedrasi

KAFEDRA TARIXI 
   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi "Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to‘g’risi"dagi 408-sonli qarori asosida Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tashkil qilindi. Unda Pedagogika kafedrasi tashil etilgan bo‘lib Psixologiya kafedrasi 2021 yildan 2023 yil iyul oyiga qadar Pedagogika kafedrasi tarkibida faoliyat olib borgan. Institut Ilmiy Kengashining 2023 yil 23-iyuldagi 9-sonli qarori asosida 2023-yil 31-iyuldagi 112-KA buyrig’i ro‘ra Psixologiya kafedrasi mustaqil kafedra siftida tashkil etildi. Ayndi damda kafedrada asosiy shtatda 10 nafar professor-o‘qituvchilar, o‘rindoshlik asosida 3 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdaKafedrada bugungi kunda 1 fan doktori, 1 nafar dotsent, 2 nafar dotsent vazifasini bajaruvchi va 7 nafar assistentlar faoliyat olib bormoqda. Kafedra ilmiy salohiyati 30% ni tashkil qiladi.Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlaridagi mavzusi: "XXI asr fan taraqqiyoti va psixologiyaning konseptual asoslari". Kafedra a’zolari institutning jamoat ishlarida hamda, Institut, viloyat va shahar miqyosidagi siyosiy tadbirlarda ham faol qatnashib kelmoqoda. Kafedra professor-o’qituvchilari institutdagi barcha yo’nalishlarida tahsil olayotgan  bakalavr talabalariga ta’lim-tarbiya berib kelishmoqdalar.
   Ma’naviy-marifiy ishlar
Kafedra professor-o‘qituvchilari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Yangi O‘zbekiston yangicha dunyoqarash” asosida talaba yoshlarning yuksak ma‘naviy axloqiy fazilatlari, ona vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish, talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan keng qamrovli manaviy-ma’rifiy tadbirlar, san‘at, musiqa, teatr va rassomchilik sohasida tanlovlar, sport musoboqalari, kitobxonlik kechalarini tashkil etib kelmoqdalar. Shuningdek, talabalar turar joylarida "Kafedra haftaliklari" doirasida turli xil manaviy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda. 
   Kafedra faoliyatining asosiy vazifalari:
- talabalar bilimini kredit-modul tizimi asosida adolatli va shaffof baholash;
- talabalarning bilim va ko‘nikmalarini amaliyot bilan bog‘lash uchun shart-sharoit yaratish;
- darslik, o‘quv, uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlash va nashr etish;
- iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni fan olimpiadalariga, turli tanlovlarga tayyorlash, ilmiy izlanishlar olib borishi va mustaqil taʼlim olishining shakl va uslublarini takomillashtirish;
- kafedra professor-o‘qituvchilariga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun shart-sharoit yaratish;
- mahoratli professor-o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish va ularni dars jarayoniga tatbiq etish.
   Kafedrada quyidagi to‘garaklar faoliyat yuritmoqda:
- "Lider  talabalar"  to‘garagi. To’garakning asosiy maqsadi - kelajakda talabalarni lider shaxs sifatida shakllantirishdan iborat. To’garak rahbari G’oyibnazarova S.