Sayt test rejimda ishlamoqda !!!
  • Kirish

Matematika va informatika kafedrasi

KAFEDRA TARIXI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi “Samarqand Davlat Universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to’g’risi”dagi 408-sonli qarori asosida Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tashkil qilindi. Institutda Aniq-tabiiy va jismoniy madaniyat fakultetida Aniq fanlar kafedrasiga ham asos solindi, kafedra mudiri katta o’qituvchi N.N.Raximov. Institut rektorining 2023-yil 25- iyuldagi 76-ij “Institut Ilmiy Kengashining 2023-yil 3-iyuldagi 9-sonli qarori ijrosini ta’minlash to’g’risidagi  buyrug’i bilan Aniq fanlar kafedrasi Matematika va informatika hamda Fizika-astronomiya kafedralariga bo’lindi. Hozirgi kunda Matematika va informatika kafedrasi (kafedra mudiri fizika-matematika fanlari doktori E.N.Sattorov)da asosiy shtatda 36 nafar professor-o‘qituvchi, o‘rindoshlik asosida esa 8 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda.
Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlaridagi mavzusi: “MAVZUSI: Ta’lim - tarbiya jarayonida aniq fanlarni o’qitishning dolzarb muammolari”. Kafedra a’zolari institutning jamoat ishlarida ham faol qatnashmoqda. Kafedra a’zosi pedagigika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD) Abduraxmonov Muxtor fakultetning kasaba uyushma kengashi raisi, kafedra o‘qituvchisi Xurshida Haqnazarova fakultet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi, kafedra assistenti Rabbimov Nodir xorijiy aloqalar bo’yicha mas’ul. Institut, viloyat va shahar miqyosidagi siyosiy tadbirlarda ham kafedra a’zolari faol qatnashmoqda. Kafedrada 60110600-Matematika va informatika ta’lim yo‘nalishida 2023-2024 o‘quv yilida kunduzgi ta’lim shaklida 86 nafar, sirtqi ta’lim shakliga 121 nafar va kechki ta’limda 55 nafar talaba ta’lim olmoqda.
Kafedra faoliyatining asosiy vazifalari:
– o‘quv va o‘quv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy va ilmiy-uslubiy yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirish;
– talabalarda matematika va informatika fanlarini o’qitish ko‘nikmalarini shakllantirish;
– kompyuter va IT sohasidaga muhim tushunchalarni o’rganish qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish;
– talabalarda mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish;
– bo’lg’usi matematika va informatika o’qituvchisi sifatida tayyorlashda bilim, ko’nikma va malakalarini hosil qilish;
Bakalavriatda 5 ta fan:
– Matematik analiz (asosiy);
– Kompyuter ta’minoti (asosiy);
– Algebra va sonlar nazariyasi (asosiy);
– Geometriya (asosiy);
– Informatika va raqamli texnologiyalar (asosiy);
– Matematika o’qitish metodikasi (asosiy);
– Zamonaviy dasturlash tillari (asosiy);
– Informatika o’qitish metodikasi (asosiy);
– Matematikadan misol va masalalar yechish metodikasi (asosiy);
– Kompyuter grafikasi va web dizayn (asosiy);
– Axborot xavfsizligi (asosiy);
– Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika (asosiy);
– Axborot xavfsizligi (asosiy);
– Kompleks o’zgaruvchili funksiyalar nazariyasi (asosiy);
– Algoritmlar va ma’lumotlar strukturasi (tanlov);
– Matematik analizning elementar masalalarni yechishga tadbiqi (tanlov);
– Tarmoq texnologiyalari (tanlov);
– Qiziqarli matematika va olimpiada masalalari (tanlov);
– Geometriyadan nostandart masalalar yechish metodlari (tanlov);
– Informatika o’qitishning zamonaviy metodlari (tanlov);
– Masofaviy ta’lim texnologiyalari (tanlov);
– Abstrakt algebra (tanlov);
– Matematik fizika tenglamalari (tanlov);
– Web texnologiyalari (tanlov);
– Funksional analiz (tanlov);
– Robototexnika asoslari (tanlov);
Magistraturada 1 ta fan:
– Legal drafting (tanlov);
Ilmiy salohiyat
2023 – 2024 o‘quv yili boshiga kelib, kafedrada 1 nafar filologiya fanlari doktori (PhD), 9 nafar fan nomzodi (PhD) va 1 nafar dotsent vazifasini bajaruvchi faoliyat yuritmoqda.
Kafedra tomonidan 2022-2023 yillarda:
– 1 ta ilmiy ish;
– 14 ta OAKda;
– 36 ta xalqaro ilmiy maqola;
– 6 ta “Scopus” bazasida maqola chop etilgan.
Shuningdek,
– 25 ta xalqaro  ilmiy konferensiya o‘tkazilgan.
Bizning dastur va loyihalarimiz:
Kafedra qoshida 2 ta ilmiy to‘garak faoliyat yuritmoqda:
1. “Yosh tadqiqodchi matematiklar” to‘garagi.
 2. “Kompyuter savodxonligi” to‘garagi.
Professor-o‘qituvchilar tarkibi:
Hozirgi kunda kafedrada 48 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritib kelmoqda.
Bizning o‘qituvchilarimiz doimiy ravishda o‘z ustida ishlaydi, xorijiy hamkasblari bilan tajriba almashib, malaka va bilimini oshirib boradi.
Bugungi kunda kafedrada 1 nafar fan doktori, 9 nafar fan nomzodi (PhD), 26 nafar o‘qituvchi  faoliyat yuritmoqda.
Kafedramiz o‘qituvchilari 1 ta darslik, 1 ta monografiya va 2 ta o‘quv-qo‘llanma muallifidir.
Shuningdek, 12 nafar mustaqil-izlanuvchi o‘quv-uslubiy jarayonda ishtirok etadi.
Ilmiy faoliyat
Kafedrada bitta darslik, “Matematika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik” nashr uchun Vazirlikdan ruxsatnoma olish uchun topshirildi. Ularni nashr etish ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga kafedrada “3D formatdagi 5-sinf matematika darsligini yaratish” nomli innovatsion loyiha amalga oshirish ishlari olib borilmoqda. 2018-yil davomida kafedra bo`yicha 1 monografiya, 5 xorijiy jurnallarda maqola, 4 mahalliy jurnallarda maqolalar chop ettirildi va 4 patent olindi.
Ta'lim faoliyati
2023-2024-o`quv yilida kafedraga ajratilgan o`quv yuklamalarining hajmi 30905 soatni tashkil etadi, ulardan:
auditoriya mashg’ulotlari 19026
soat, shu jumladan, ma’ruza 4196 soat, laboratoriya mashg`ulotlari 3524 soat, seminar 668 soat, amaliy mashg`ulotlar 10638 soat, reyting nazorati 11879 soat, magistrga rahbarlik 550 soat. Kafedrada 36 shtat birligi tasdiqlangan.