Sayt test rejimda ishlamoqda !!!
  • Kirish

Kimyo kafedrasi

KAFEDRA TARIXI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi “Samarqand davlat universiteti qoshida O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risi”dagi 408-sonli qarori asosida Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tashkil qilingan va 2022 yilda mustaqil institut sifatida ajralib chiqgan. 2023-yil 23- iyuldagi Institut kengashining 9-sonli qarori bilan Tabiiy fanlar fakulteti tarkibida Kimyo kafedrasi tashkil etildi.   Kafedra mudiri sifatida falsafa doktori (PhD) Bobojonov Jamshid Shermatovich faoliyatini olib bormoqda. Kimyo kafedrasida asosiy shtatda 12 nafar professor-o‘qituvchi, o‘rindoshlik asosida esa 4 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritishmoqda. Kafedrada bugungi kunda 3 nafar dotsent, 2 nafar falsafa doktori (PhD), 1 nafar katta o‘qituvchi va 10 nafar assistentlar ishlab kelmoqda. Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlarida bosh mavzusi: “Ta’lim-tarbiya jarayonida kimyo fanini o‘qitishning dolzarb muammolari”. Kafedra a’zolari institutning jamoat ishlarida ham faol qatnashishmoqda. Kafedra a’zosi dotsent Musulmonov Noryigit Hasanovich Tabiiy fanlar fakulteti dekani, institut kengashi a’zosi, falsafa doktori (PhD) Bobojonov Jamshid Shermatovich institut kengashi a’zosi sifatida faoliyat olib bormoqda. Institut, viloyat va shahar miqyosidagi tadbirlarda ham kafedra a’zolari faol qatnashib kelmoqda. Kafedrada 60110800-Kimyo (bakalavr) va 70110801-Aniq va tabiiy fanlar o‘qitish metodikasi (Kimyo, magistr)  yo‘nalishida 2023-2024 o‘quv yilida jami kunduzgi va kechki ta’lim shaklida mingga yaqin talabalarga ta’lim va tarbiya berib  kelinmoqda.
Kafedra faoliyatining asosiy vazifalari:
– o‘quv va o‘quv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy va ilmiy-uslubiy yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirish;
– talabalarda kimyo faning nazariy asoslarini o‘rgatish, egallagan bilimlarini  amaliyotda qo’llash hamda laboratoriyada ishlash ko’nikmalarini shakllantirish;
– bo‘lajak kimyo fani o‘qituvchilarining funksional savodxonligini oshirish;
– talabalarda mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish;
– kimyo sanoati va ishlab chiqarish korxonalari tomonidan taklif etilgan loyihalarda istirok etish, muammolarini hal qilish bo’yicha ilmiy takliflar bilan qatnashish;
Bakalavriatda o‘tiladigan fanlar:
“Mutaxassislikka kirish”, “Umumiy kimyo”, “Kimyoviy xisoblash”, “Noorganik kimyo”, “Аnalitik kimyo”, “Organik reaktsiyalar mexanizimi”, “Organik kimyo”, “Polimerlar kimyosi”, “Biorganik kimyo”, “Kimyo o‘qitish metodikasi”, “Kvant kimyo”, “Kimyoviy texnologiya”, “Koordinatsion birikmalar kimyosi”, “Modda tuzilishi”, “Kimyoda kompyuter modellashtirish”  va nomutaxassis taʼlim yo‘nalishlari uchun “Kimyo” va “Umumiy kimyo”.
Magistraturada o‘tiladigan fanlar:
“Аnalizning fizik-kimyoviy metodlari”, “Eksperimen koʼyish va natijalarni tahlil qilish metodlari”, “Koordinatsion birikmalar kimyosi”, “Аnorganik kimyoning nazariy asoslari”, “Kimyoda masalalar yechish metodikasi”.
Ilmiy salohiyat:
2023 – 2024 o‘quv yili boshiga kelib, kafedrada 2 nafar falsafa doktori (PhD) va 1 nafar dotsent vazifasini bajaruvchi faoliyat yuritmoqda.
Kafedra tomonidan 2023 yilda:
– 2 ta ilmiy ish;
– 17 ta OAKda;
– 12 ta xalqaro ilmiy maqola;
– 5 ta “Scopus” bazasida maqola chop etilgan.
Shuningdek,
– 4 ta xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazilgan.
Bizning dastur va loyihalarimiz:
Kafedra qoshida 2 ta ilmiy to‘garak faoliyat yuritmoqda:
1. “Yosh kimyogar izlanuvchilar” to‘garagi. Ushbu to‘garakda 20 dan ortiq talabalar  ustoz-shogird tizimida professor-o’qituvchilar rahbarligida o‘zlarining ilmiy tadqiqot va startup loyihalari ustida ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.
 2. “Kimyoni o‘rganamiz” to‘garagi. To‘garakda 20 ga yaqin talabalar kimyoning fundamental nazariy asoslaridan o‘z bilimlarini mustahkamlab bormoqdalar.
Professor-o‘qituvchilar tarkibi:
Hozirgi kunda kafedrada 16 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritib kelmoqda.
Bizning o‘qituvchilarimiz doimiy ravishda o‘z ustida ishlaydi, xorijiy hamkasblari bilan tajriba almashib, malaka va bilimini oshirib boradi.
Bugungi kunda kafedrada 1 nafar dotsent vazifasini bajaruvchi, 2 nafar falsafa doktori (PhD), 1 nafar katta o‘qituvchi va 8 nafar assistant o‘qituvchilar  faoliyat yuritmoqdalar