• Kirish

Jismoniy madaniyat bakalavriat ta’lim yoʻnalishi

Ko'proq ma'lumot

60112200 – Jismoniy madaniyat yoʼnalishi – boʼlajak jismoniy madaniyat oʼqituvchisini tayyorlaydigan, jamiyatda oʼz oʼrniga ega boʼladigan raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayorlaydigan yoʼnalish boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasining davlat va xususiy maktablarida 1-4, 5-9, 10,-11- sinflarda oʼqitish uchun moʼljallangan taʼlim jarayoniga tayyorlaydigan soha boʼlib, boʼlajak jismoniy madaniyat oʼqituvchilarini professional darajaga yetkazishga, ularni jamiyatdagi rolini oshirish, yangi innovatsion texnologiyalar asosida oʼqitishga qaratilgan.
Dastur talablari asosida jismoniy madaniyat oʼqituvchisi uchun zarur boʼlgan bilim, koʼnikma va malakalarni oʼzlashtirishga nazariy va amaliy yordam beradi. Bolajak jismoniy madaniyat oʼqituvchilari jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi, sport psixologiyasi va jismoniy tarbiya tushunchalar, bilish jarayonlarini jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi boʼyicha kurslarda faol qatnashadilar. Shuningdek, oʼquv kursda olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qoʼllashga qaratilgan. Kursning mohiyati taʼlim tizimida shiddat bilan rivojlanayotgan zamonaviy oʼzgarishlarni bolalarga taʼsirini va bolalarga toʼgʼri yoʼnalishda rivojlanishiga yordam beradigan yetuk, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashni koʼzda tutadi.