Ijtimoiy fanlar fakulteti

Ijtimoiy fanlar fakulteti tarixi haqida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi “Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 408-sonli qaroriga asosan Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tashkil qilingan.
Institutda oʻquv jarayoni 2021-2022-oʻquv yilidan boshlangan. Ijtimoiy fanlar fakulteti nomlanishi institut tashkil etilgandan bugungi kunga qadar bir necha marotaba oʻzgargan. Xususan, 2021-2022-oʻquv yilidan boshlab fakultetimiz “Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat” fakulteti sifatida o‘z faoliyatini boshlagan. Shundan soʻng, fakultetimiz 2023-2024-oʻquv yilida “Jismoniy madaniyat, sport va maktabgacha ta’lim” fakulteti, 2024-2025-oʻquv yilida esa “Pedagogika va jismoniy madaniyat” fakulteti  nomi ostida faoliyat yuritgan.
Mazkur fakultet dastlab tashkil etilganda, ya’ni 2021-2022-o‘quv yilida fakultetga pedagogika fanlari doktori, professor Haydarov Baxtiyor Tojiyevich rahbarlik qilgan. 2023-2024-o‘quv yilida fakultetni filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent Normo‘minov Sherzod To‘ychiyevich hamda 2024-2025-oʻquv yilining birinchi choragida dotsent Raximov Matlab Farxodovich boshqargan. Bugungi kunda Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani sifatida filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Joʻraqulov Abror Raufovich faoliyat yuritmoqda. 
Fakultetda jami 74 nafar professor-o‘qituvchilar, shundan, 4 nafar fan doktori (DSc),          16 nafar falsafa doktori (PhD) samarali mehnat qilishmoqda. Fakultetda ilmiy salohiyat 27 % ni tashkil etadi.
Fakultetda 4 ta kafedra faoliyat yuritadi.
Bular:

  • Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi;
  • Tarix kafedrasi;
  • Milliy g‘oya va falsafa kafedrasi;
  • Psixologiya kafedrasi.

Ushbu kafedralarda tasdiqlangan reja-grafik asosida kafedralarning ilmiy yoʻnalishi boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Fakultetimiz bugungi kunda bir qancha yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻygan. Xususan, Qozogʻiston Respublikasining L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti, Hindistonning Bombay texnologiyalar instituti, Ozarbayjon Respublikasining Ozarbayjon davlat tillar universiteti, Turkiyaning Istanbul universiteti, Rossiya Federatsiyasining Qozon davlat federal universiteti, K. Minin nomidagi Nijniy Novgorod davlat pedagogika universiteti hamda D.R.Derajavin nomidagi Tambov davlat universiteti, shuningdek, Tojikiston Respublikasining Tojikiston davlat milliy universiteti, Xo‘jand davlat pedagogika instituti bilan turli xil yoʻnalishlarda hamkorlik qilinmoqda.
Fakultetda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida kafedralar qoshida fan toʻgaraklari hamda sport toʻgaraklari faoliyati samarali yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek, tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq turli xil ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari, sport musobaqalari, koʻrik tanlovlar oʻtkazlib kelinmoqda.
Fakultetda 4 ta kafedra mavjud:

  • Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi;
  • Tarix kafedrasi;
  • Milliy gʻoya va falsafa kafedrasi;
  • Psixologiya kafedrasi.

Fakultetda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi:

  • 60111200 - Jismoniy madaniyat;
  • 60111900 - Maktabgacha va boshlangʻich ta’limda jismoniy tarbiya va sport;
  • 60220300 - Tarix;
  • 60111100 - Milliy gʻoya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi;
  • 60310300 - Psixologiya;
  • 61010300 - Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha).
    Ijtimoiy fanlar fakultetida quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi:
  • 70111201 - Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi;
  • 70111101 - Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi (ma’naviyat asoslari);
  • 70220303 - Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi (tarix)