Fakultet
Ko'proq ma'lumot
60112300 – Texnologik taʼlim yoʼnalishi – boʼlajak texnologik ta’lim oʼqituvchisini tayyorlaydigan, jamiyatda oʼz oʼrniga ega boʼladigan raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayorlaydigan yoʼnalish boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasining davlat va xususiy maktablarida 5-9- sinflarda mehnat tarbiysi bilan birga 8-9-sinflarda kasbga yo’llash uchun moʼljallangan taʼlim jarayoniga tayyorlaydigan soha boʼlib, boʼlajak texnologik ta’lim oʼqituvchilarini professional darajaga yetkazishga, ularni jamiyatdagi rolini oshirish, yangi innovatsion texnologiyalar asosida oʼqitishga qaratilgan.
Texnologik taʼlim yoʼnalishi - Standart talablari asosida texnologik ta’lim oʼqituvchisi uchun zarur boʼlgan bilim, koʼnikma va malakalarni oʼzlashtirishga nazariy va amaliy yordam beradi. Olingan nazariy bilimlarni amaliyotga qo’llashga qaratilgan bo’lib, uning mohiyati ta’lim tizimida rivojlanayotgan zamonaviy o’zgarishlarni texnologik darslarda o’quvchilarda to’g’ri yo’nalishda rivojlanishiga yordam beradigan yetuk, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashni koʼzda tutadi.