Fakultet haqida umumiy ma’lumot
Institut Ilmiy kengashining 2024-yil 12-avgustdagi 14-sonli qaroriga asosan “Aniq va amaliy fanlar” fakulteti tashkil etilgan. Fakultet bugungi kunda ilg‘or pedagogik texnologiyalar va xalqaro tajribalar asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan asosiy tuzilmalardan biri hisoblanadi.
Fakultet tarkibida 4 ta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda:
- Matematika;
- Informatika;
- Tasviriy san’at va texnologik ta’lim;
- Musiqa ta’limi.
Hozirda fakultetda jami 1434 nafar talaba (1063 nafari kunduzgi, 371 nafari kechki ta’lim) tahsil olmoqda.
Bakalavriat yo‘nalishlari:
- 60540100 – Matematika;
- 60540200 – Amaliy matematika;
- 60110600 – Matematika va informatika;
- 60110500 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
- 60111300 – Texnologik ta’lim;
- 60110600 – Musiqa ta’limi;
- 60211400 – Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik.
Magistratura mutaxassisliklari:
- 70110601 – Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika);
- 70110602 – Ta’limda axborot texnologiyalari;
- 70111202 – Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi;
- 70111301 – Musiqa ta’limi va san’at;
- 70112301 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi (texnologik ta’lim).
Ilmiy salohiyat va kadrlar tarkibi
Fakultetda jami 95 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadi:
- fan doktorlari (DSc): 2 nafar;
- fan nomzodlari va falsafa doktorlari (PhD): 25 nafar;
- assistent-o‘qituvchilar: 68 nafar;
- Ilmiy-tadqiqot faoliyati (2025-yil sarhisobi)
- 2025-yil davomida fakultet jamoasi tomonidan erishilgan asosiy ilmiy natijalar:
- 309 ta ilmiy maqola va tezislar;
- 5 ta maqola nufuzli Scopus va Web of Science bazalarida;
- 96 ta xalqaro va 69 ta respublika ilmiy jurnallarida maqolalar;
- 29 ta darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 3 ta monografiya nashr etildi.
Xalqaro hamkorliklar
Fakultet dunyoning nufuzli OTMlari bilan hamkorlik qiladi (Tojikiston Milliy universiteti, Rossiya FA Sibir bo‘limi, Kazan federal universiteti, Janubiy Koreya Gachon universiteti va b.).
Iqtidorli talabalar va yutuqlar
Davlat stipendiyalari: Teshayeva Madina (2023) va Abdullayeva Dilnoza (2024) Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sohibi bo‘lishdi.
Xalqaro olimpiadalar (2025): Ashxobod (OMOUS-2025) va Sankt-Peterburg (11-NCUMC) shaharlarida o‘tkazilgan xalqaro matematika olimpiadalarida talabalarimiz jami 3 ta kumush va 9 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Talabalar hayoti va to‘garaklar
Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida fakultetda 10 dan ortiq to‘garaklar (Masalan: “Yosh tadqiqotchilar”, “Robototexnika”, “Yosh matematiklar”, “Mohir qo‘llar”, “Dutorchilar”, “Grafika” va b.) faoliyat ko‘rsatmoqda.
