• Kirish

60111700 - Ona tili va adabiyoti (rus tili) ta’lim yo'nalishi

Ko'proq ma'lumot

60111700 - Ona tili va adabiyoti (rus tili) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib kunduzgi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi.

Kunduzgi ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi.

Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil.

Bakalavriat o‘quv dasturining hajmi ta’lim shakli (kunduzgi), foydalaniladigan ta’lim texnologiyalaridan qat’iy nazar 240 kredit birligini tashkil etadi.

Bir o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim dasturining xajmi 60 kreditni tashkil etadi.

Mazkur yo‘nalish doirasida o‘quv dasturlari o‘zaro yaqin bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish amalga oshirilishi mumkin. Akademik guruh tanlovi asosidagi traektoriyaga ko‘ra kvalifikatsiya universitet Ilmiy Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

60111700 - Ona tili va adabiyoti (rus tili) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli bakalavrlar tayyorlash o‘quv reja va fan dasturlarining o‘zlashtirilishini amalga oshirishda O'zbekistonton Respublikasi hududidagi barcha pedagogika sohasida kadr tayyorlaydigan Oliy ta’lim muassasalari uchun talablar majmuini ifodalaydi.

60111700 - Ona tili va adabiyoti (rus tili) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari:

- umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o‘rta ta’limda rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;

- o‘rta maxsus va professional ta’limda rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;

-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

60111700 - Ona tili va adabiyoti (rus tili) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy vazifalari.

60111700 - Ona tili va adabiyoti (rus tili) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha milliy malaka ramkasining 6-malaka darajasi hamda bakalavr kasbiy faoliyatlarining sohalari, ob’ektlari va turlariga muvofiq bakalavriat bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalarni bajarishga qodir bo‘lishi lozim.

Pedagogik faoliyatida:

- rus tili va adabiyotini, uning o‘ziga xos xususiyatlari, ilmiy-nazariy, falsafiy-estetik asoslarini, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirish;

- rus tili va adabiyotining boy imkoniyatlaridan foydalana olish, buning uchun o‘z ustida tinimsiz ishlash, mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini shakllantirish, yaxlit pedagogik jarayonning umumiy qonun, qonuniyat va tamoyillariga amal qilish, ta’lim-tarbiya jarayonida gnoseologik, tashkiliy, psixologik, didaktik, sotsiologik va kibernetik qonuniyatlarning uyg‘unligiga erishish;

- DTS va O‘D larining maqsadlariga muvofiq o‘quv reja ishlab chiqish, o‘quvchilarning extiyojlari va qiziqishlaridan kelib chiqib, o‘quv dasturlarini moslashtirish, fanlarni korrelyatsiya va integratsiya tamoyillariga ko‘ra rejalashtirish, darsning aniq maqsad va natijalariga ko‘ra dars rejasini ishlab chiqish, differensial yondashuv asosida dars shakllari va usullarini rejalashtirish, o‘quv, namoyish va tarqatma materiallardan foydalanishni rejalashtirish;

- dars maqsadlariga ko‘ra o‘quvchilar imkoniyatidan kelib chiqib vazifalarni belgilash, dars mavzusiga mos namoyish va tarqatma materiallardan va ta’lim jarayonida AKTdan unumli foydalanish, o‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalariga ko‘ra darsni tashkil etish va ta’lim berishdagi yondashuvlarning samaradorligini tahlil qilish, o‘quvchilarning ta’limiy maqsadlari va yosh xususiyatlariga mos keladigan o‘qitish usullari va yondashuvlarni tanlash, o‘qitishning faol usullaridan foydalanish, o‘quvchilarning asosiy kompetensiyalari va hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan usullardan, o‘quvchilarning jamoaviy va loyihaviy ishlarini tashkil etish, o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalaridan foydalanish, o‘quvchilarga differensial yordam berish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, o‘quvchilarni mustaqil fikrlash imkoniyatini yaratish, darsda motivatsiyaga erishish, sinfda samarali muloqotga erishish;

- ta’lim natijalarini baholash va ta’lim natijalarini diagnostika qilish uchun turli usul va vositalardan foydalanish, ta’lim natijalarini tahlil qilish, dars rejasi va usullarini moslashtirishda tahlil natijalaridan foydalanish, baholash mezonlarini bilishi va amalda qo‘llay olishi, mavjud muammolarni aniqlay olishi va tahlil qilish;

- tarbiyaviy ishlarning zamonaviy, interaktiv shakl va usullarini mashg‘ulot hamda  sinfdan tashqari ishlarda qo‘llash, tarbiyaviy ishlarda o‘quvchilarning jinsi, yoshi, madaniy va individual xususiyatlarini inobatga olishi, ta’lim muassasasining ustavi va ichki tartib-qoidalariga muvofiq o‘quvchilar uchun aniq odob-axloq qoidalarini o‘rnatish, ijtimoiy sog‘lom muhitni yarata olish, o‘quvchilarda kognitiv faollik, mustaqillik, tashabbuskorlik, ijodkorlik fuqarolik pozitsiyasi, mehnatga layoqati, sog‘lom va xavfsiz turmush tarzi madaniyatini rivojlantirish;

- o‘quvchilar orasida o‘zaro hurmat muhitini yaratish, o‘quvchilarga sinf hayotida teng imkoniyatlar yaratsa, nizoli vaziyatlarda optimal yechimli qaror chiqara olishi, o‘quvchilar bilan individual ishlar olib borishi, zamonaviy ommaviy axborot vositalari dunyosida xavfsiz ishlashga yordam bera olish;

- muntazam malaka oshirish kurslaridan o‘tish, fanga oid adabiyotlar bilan tanishib, yangi bilimlarni amaliyotda qo‘llash, kasbiy faoliyat yuzasidan seminar va treninglarda ishtirok etish hamda tashkil etish, o‘zaro darslarda qatnashish, darslarni tahlil qilish, ochiq darslar o‘tkazish, kasbiy faoliyatda kerakli o‘zgarishlarni amalga oshirish;

-o‘quvchilarning ota-onalarini (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni) ta’lim jarayoniga maktab hayotiga jalb qilish va o‘quvchilarni rivojlanishi, ta’lim muhiti to‘g‘risida qaror qabul qilishda ishtirok etishga jalb etish;

- tarbiyaviy muammolarni hal qilishda va o‘quvchilarni hayotga tayyorlashda boshqa pedagogik xodimlar va mutaxassislar, jamoat tashkilotlari va bo‘limlari (Yoshlar ittifoqi) bilan hamkorlik qilish;

Ilmiy-tadqiqot faoliyatida:

 rus tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi sohasida ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlarda ta’lim yo‘nalishidagi fanlar va ularni o‘qitish metodikasiga oid mavzularda tadqiqot olib borish;

rus tili, rus adabiyoti, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik sohasida olingan nazariy va amaliy bilimlarni qo‘llash orqali ilmiy tadqiqotlar olib borish;

rus tili va adabiyoti  ta’lim yo‘nalishi fanlariga doir internet tarmog‘ida eng yangi ilmiy yutuqlar haqidagi ma’lumotlarni maqsadga muvofiq holda qidirish va topish hamda amaliyotga bevosita tatbiq etish;

 o‘z tadqiqoti mavzusiga oid ingliz, o’zbek, arab va fors tillaridagi manbalarni o‘qish, tarjima qilish va amalda qo‘llash;

til va adabiyot o‘qitishning samarali metodlariga oid, xorijiy davlatlardagi ilmiy to‘plamlar, ilmiy tadqiqotlarni o‘rganish.

rus tili va adabiyoti  ta’lim yo‘nalishi o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishlaridagi fanlarga oid ilmiy to‘plamlar, mahalliy va chet el ilmiy-tadqiqot yutuqlarini o‘rganish;

ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini tayyorlash, soha adabiyotlari ekspertizasini amalga oshirishda qatnashish;

ma’lumotlarni jamlash, qayta tayyorlash, mavzu bo‘yicha ilmiy ma’lumotlarni tizimli tahlil qilish;

rus tili va adabiyoti  ta’lim yo‘nalishiga doir tadqiqot natijalari va ishlanmalarini tatbiq etish qobiliyatlariga ega bo‘lishi kerak.

Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatida:

ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rejalashtira olishi, uni tashkil etish metodikasini egallash, o‘quvchilar ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish;

o‘quvchilarda mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi immunitetni yuzaga keltirish metod va texnologiyalarini bilishi;

globallashuv sharoitida kechayotgan jarayonlarda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va ta’siri haqida tushuntirish ishlarini olib borish;

vazirlik va tashkilotlar rahbarlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha malaka va tajribaga ega bo‘lish;

mahallalarda ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha individual suhbat o‘tkazish;

milliy urf-odat va marosimlarni o‘tkazishda, umuminsoniy qadriyatlar, mehr-muruvvat, bag‘rikenglik, vatanparvarlik, sadoqat kabi yuksak insoniy fazilatlarni ochib berish qobiliyatlariga ega bo‘lishi kerak.

Tashkiliy-boshqaruv faoliyatda:

pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalangan holda ta’lim jarayonlari monitoringi va sifatini baholash mexanizmlarini ishlab chiqish;

atrof-muhitni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi talablariga mos kelishi borasida ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish;

jamoada ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va boshqarish;

fikrlar har xil bo‘lgan sharoitda to‘g‘ri qaror qabul qilish;

bajarayotgan faoliyati bo‘yicha ish rejasini tuzish, nazorat qilish va amalga oshirilgan ishning natijalarini baholash qobiliyatlariga ega bo‘lish.

Axborot-tahlil faoliyati bo‘yicha:

tashkilotning ichki hujjat aylanish tizimining ishlashi to‘g‘risidagi

ma’lumotlarni tahlil qilish, turli ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yuritish va tashkiliy loyihalar ishtirokchilariga axborot ta’minotini yaratish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

tashkilotni rivojlantirishga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirishda

(korxona, davlat yoki mahalliy boshqaruv idorasi) tashqi aloqalarni kengaytirish va tajriba almashish uchun zarur ma’lumotlar to‘plash tizimlaridan foydalangan holda  sheriklar bilan munosabatlarni tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash;

til o‘rgatish jarayonida biznes-rejalarni modellashtirish va biznes jarayonlarini tashkilotlarning amaliy faoliyatida qayta tashkil etish usullaridan foydalanish;

 -  xorijiy hamkorlar bilan yozishmalar olib borish, elektron hujjatlar yuritish.