• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
  • Kirish

Tillar fakulteti

FAKULTET HAQIDA

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, pedagogik ta’lim sohasi uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish, sohaga Finlandiyaning ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy qilish, zamonaviy bilim va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi “Samaqrand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 408-sonli qarori qabul qilindi. 
     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qaroriga asosan O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti alohida oliy ta’lim muassasasi sifatida faolyat boshladi.
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Ilmiy Kengashining 2023-yil 3-iyuldagi 9-sonli qaroriga asosan “Tillar” fakulteti 2021-yil “Xorijiy tillar va gumanitar fanlar” fakulteti nomi bilan tashkil etilgan. 2023-yil “Filologiya” fakulteti nomi bilan qayta nomlangan.  2024-yil “Tillar” fakulteti nomi bilan qayta tashkil etildi.
• 2021-2022-o’quv yilida fakultetda dotsent Abdullayeva Albina Suratovna, 2022-2023-oʻquv yilida dotsent Normoʻminov Sherzod Toʻychiyevich, 2023-2024-oʻquv yilida dotsent Fayziyev Mirzaali Asfandiyorovich dekan lavozimida faoliyat olib borishgan. 
• 2024-yil 4-sentabrdan (PhD), Utayeva Iroda Baxodirovna dekan lavozimida ishlab kelmoqda.
Tillar fakulteti ilmiy salohiyatga ega boʻlgan, oʻz ustida tinimsiz mehnat qiladigan jamoadir. Hozirgi kunda fakultetda jami 1598 nafar talaba tahsil olmoqda. 
Fakultetda 3 ta kafedra mavjud:
- “Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi,
- “Rus tili va adabiyoti” kafedrasi,
- “Xorijiy tillar” kafedrasi.
     Mazkur kafedralarda bugungi kunda 80 nafardan ortiq malakali professor-oʻqituvchilar jamoasi faoliyat koʻrsatmoqda.
     Fakultetda har bir kafedra qoshida to‘garaklar tashkil etilgan. Xorijiy tillar kafedrasi qoshida xorijiy tillarni o‘rgatishga asoslangan “Happy English” to‘garagida (80 nafar talaba), Rus tili va adabiyoti kafedrasi qoshida “Лингвисты” to‘garagida (45 nafar talaba), “Изящная словесностъ” to‘garagida (80 nafar talaba), O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi qoshida “Yogʻdu”, “Yosh tilshunos” kabi toʻgaraklar faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, fakultetda chet tili boʻyicha milliy yoki xalqaro baholash tizimlari sertifikatlariga ega boʻlgan talabalar soni 146 nafar.
     Fakultetda Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yillik ish reja tasdiqlangan bo‘lib, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, turli ma’naviy va mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, fakultetda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish borasida  “Zakovat”, “Munozara-debat”, “Kitobxonlik”, “Quvnoqlar va Zukkolar”, “Talabalar teatr studiyasi” faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari milliy qadriyatlar va an’analar, ajdodlarimizning boy madaniy me’rosini targ‘ib etish, milliy bayramlar, tarixiy sanalarni nishonlash, ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot-tashviqot ishlari, talalabalar turar joylarida hamda xususiy xonadonlarda yashovchi talabalar bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ijtimoiy himoya tadbirlari kabi turli sohalar bo‘yicha faoliyat olib boriladi. Fakultetda tahsil olayotgan talabalar orasidan iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni Respublika miqyosidagi o‘tkazilayotgan fan olimpiadalarida hamda Davlat stipendiyalariga tayyorlash borasida ham ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
     Fakultetda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosiy maqsadi talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ruhiy-estetik dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini yuksaltirish, har xil ommaviy xurujlardan avaylab-asrash, ularni bu yo‘llardan qaytarish, Yangi O‘zbekistonning haqiqiy fidoyisi bo‘lib kamol topishini shakllantirishdan iborat.
     Fakultetda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi:
- 60111400 – Oʻzbek tili va adabiyoti;  
- 60111700 – Ona tili va adabiyoti (rus tili); 
- 60111800 – Xorijiy til va adabiyoti ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha bakalavr, 
7011140 – Oʻzbek tili va adabiyoti mutaxassisliklari boʻyicha magistr mutaxassislar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. 
     Fakultet Respublikamizning ta’lim tizimi uchun yuksak salohiyatli, malakali kadrlarni tayyorlashda yetakchilik qilib, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-pedagogik rivojlanishiga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelmoqda. Ayniqsa, respublikamizda ona tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, xorijiy tillar ta’lim sohalari uchun zarur boʻlgan adabiyotlar, me’yoriy hujjatlarni shakllantirish, maktab oʻqituvchilarining mahoratini oshirishga yaqindan koʻmak berib kelmoqda.

FAKULTET TARKIBI

Fakultet kafedralari
Kafedra mudirlari:
1. “Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi. 
Kafedra mudiri f.f.b.f.d. (PhD), Yoqubov Ixtiyor Hamdamovich
2. “Rus tili va adabiyoti” kafedrasi.
Kafedra mudiri f.f.b.f.d. (PhD), Mavlyanova Tamila Bahrillayevna
3. “Xorijiy tillar” kafedrasi. 
Kafedra mudiri p.f.b.f.d. (PhD), Xasanov Akrom Anvarovich

Ta’lim yoʻnalishlar
60111400 - Oʻzbek tili va adabiyoti
60111700 - Ona tili va adabiyoti (rus tili)
60111800 - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
Mutaxassisliklar
70111401- Oʻzbek tili va adabiytoti