Sayt test rejimda ishlamoqda !!!
  • Kirish

Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (kimyo) magistratura mutaxassisligi

Ko'proq ma'lumot

70110801 — Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (kimyo) mutaxassisligi bo'yicha magistrlar tayyorlash milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib kunduzgi ta'lim shaklida amalga oshiriladi. Magistraturada o'qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi.
Magistratura dasturining me'yoriy muddati 2 yil. Magistratura o'quv dasturining hajmi ta'lim shakli (kunduzgi), foydalaniladigan ta'lim texnologiyalaridan qat'iy nazar 120 kredit birligini tashkil etadi. Bir o'quv yili uchun magistratura ta'lim dasturining xajmi 60 kredimi tashkil etadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi 5117-son qaroriga ko'ra, 70110801 — Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (kimyo) mutaxassisligi magistraturasida o'qish uchun kamida B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.
70110801 — Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (kimyo) - ta'lim sohasiga oid mutaxassislik bo'lib, barcha ta'lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o'qitish, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug'ullanish, mos ta'lim yo'nalishlari bo'yicha ta'limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish va boshqarish kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.