Ko'proq ma'lumot
Milliy g‘oya va falsafa kafedrasi qoshidagi yo‘nalishlar
2024-2025 o‘quv yilida O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutiga qabul kvotasi doirasida 70111101–Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (Ma’naviyat asoslari) mutaxasisligi bo‘yicha magistratura va 60111100 – Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi bakalavr (kunduzgi) yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar qabul qilindi.
Maqsad: Mamlakatimiz rivojlanib borayotgan hozirgi davrda umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi, haqiqiy demokratiya, inson erkinligi va huquqlarning dunyoda tan olingan me’yorlari o‘z tasdig‘ini topmoqda. Yurtimizni ya’nada rivojlantirishning o‘ta zarur omillaridan biri sifatida hukumatimiz tomonidan ma’naviyat va milliy mafkura masalalariga e’tiborni kuchaytirish vazifasini qo‘yib kelinayotganligi bejiz emas. Binobarin, milliy urf-odatlar, an’anaviy udumlar, el-yurtiga, millatiga, ona tili va adabiyotiga, tarixiga sadoqatli bo‘lish, ularning kelgusi barhayotligi uchun kurashish, tinch osoyishta, farovon hayot tuyg‘usi bilan yashash kabilar milliy mafkura tushunchasida aks etadiki, bu tushunchalarning xalqimiz qalbida o‘ziga xos ildizi bor. Bizning vazifamiz ana shu ildizni yanada chuqurlashtirish, uni yosh avlod qalbiga ko‘chirish va uning mustahkamlanishiga sharoit yaratishdir. Zero, bu borada fidoiylik bilan xizmat qiladigan yuksak madaniyatli, oliy himmatlarga boy, vatanparvar, insonparvar, har tomonlama rivojlangan yuksak va ongli, sog‘lom kadrlarni shakllantirish hozirgi kunda davlat miqyosidagi muhim masalalardandir.