• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
  • Kirish

60110100 - Pedagogika bakalavriat ta'Iim yo'nalishi

Ko'proq ma'lumot

60110100 - Pedagogika bakalavriat ta'Iim yo'nalishining malaka talabi

Mazkur Malaka talablafi "Oliy ta'limning davlat ta'lim standarti. Asosiy  qoidalar", "Oliy ta'lim davlat ta'lim standarti. Oliy ta'lim yo'nalishlari va  mutaxassisliklari klassifikatori", O'zbekiston Respublikasi Milliy va tarmoq  malaka doiralari (ramkasi), kasbiy standartlar va kadrlar buyurtmachilari  takliflariga muvofiq ishlab chiqilgan va rasmiy me'yoriy-uslubiy hujjat  hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi hududida Malaka talablarini rasmiy chop etish  huquqi O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan ya innovatsiyalar ta'lim vazirligiga tegishlidir.

1. Umumiy tavsifi
60110100-Pedagogika ta'lirn yo'nalishi bo'yicha bakalvrlar tayyorlash  kunduzgi va sinqi ta'lim shakllarida amalga oshiriladi. Kunduzgi ta'limda  bakalavriat dasturining me'yoriy muddati 4 yil.
1.1. Qo'llanish sohasi.
1.1.1. Malaka talabining qo,'llanilishi.
Malaka talabi 601 l0l0O-Pedagogika ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar  tayyorlovchi barcha oliy ta'lim muassasalari uchun talablar majmuini ifodalaydi.
1.1,2. Malaka tala binin g asosiy foydalanuvchilari :
Mazkur ta'lim yo'nalishi bo'yicha malaka talablari, o'quv reja va o'quv  dasturlarini ishlab chiqish va yangilash, ular asosida o'quv jarayonini samarali  amalga oshirish uchun mas'ul hamda o'z vakolat doirasida bitiruvchilarning  tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy ta'lim muassasalarining boshqaruv  xodimlari (rektor, prorektorlar, ooquv bo'limi boshlig'i, dekanlar va kafedra  mudirlari) va professor-o'qituvchilari;
ta'lim yo'nalishining o'quv r:ejasi va o'quv dasturlarini o'zlashtiruvchi oliy  ta'Iim muassasasining talabalari;
bakalavriat bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi Davlat attestatsiya komissiyalari;
ta'limni boshqarish bo'yicha vakolatli davlat organlari;
oliy ta' lim muassasalarini moliyalashtirishni ta'minlovchi organlar;
oliy ta'lim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli davlat organlari;
kadrlar buyurtmachilari va ish beruvchi tashkilot va korxonalar;
oliy ta' lim muassasalariga o'qishga kirayotgan abituriyentlar, ularning ota-onalari va boshqa manfaatdor shaxslar.

Ko'proq ma'lumot (Yuklab olish PDF)