Pedagogika fakulteti

Pedagogika Fakulteti Haqida

Pedagogika fakulteti 2025-yilda tashkil etildi va sentyabrdan boshlab alohida fakultet sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Fakultetda ta’lim olgan 563 nafardan ziyod malakali kadrlar Respublika xalq xo’jaligining turli soxalarida mehnat qilmoqdalar.

Hozirgi paytda fakultetda quyidagi mutaxassisliklar bo’yicha magistratura ta’limi berilmoqda:

  • 60110500 – Boshlang’ich ta’lim
  • 60110200 – Maktabgacha ta’lim
  • 70110201 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha ta’lim)

Fakultetda quyidagi kafedralar mavjud:

  • Boshlang’ich va maktabgacha ta’lim metodikasi
  • Boshlang’ich va maktabgacha ta’lim nazariyasi
  • Pedagogika

Ushbu kafedralarda 2 ta professor, 15 ta dotsent, 8 ta katta o’qituvchi (PhD) hamda 62 ta assistent faoliyat olib bormoqdalar. Talabalar o’quv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratilgan, 10 ta texnik jihozlangan alohida auditoriyalarda darslar olib boriladi.

Kafedralar professor-o’qituvchilari zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’limda qo’llash, ma’lumotlar bazasi va axborot resurslarini yaratish va joriy etish yo’nalishlari bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Fakultet hududdagi o’rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari, hamda tashkilotlar bilan fanning zamonaviy yutuqlarini tadbiq qilish ehtiyojlarini hisobga olgan holda shartnomalar tuzib, ularning bazasida malakali mutaxassis kadrlar tayyorlamoqda.

Malaka Talablari

Bakalavriat yo'nalishi

  • 60110500 – Boshlang’ich ta’lim
  • 60110200 – Maktabgacha ta’lim
  • 60110200 – Pedagogika

Magistratura yo'nalishi

  • 70110201 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha ta’lim)