• Kirish

60111900 – Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport bakalavriat ta’lim yo‘nalishi

Ko'proq ma'lumot

60111900 – Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport bakalavriat ta’lim yo‘nalishi

Talabalarga jismoniy tarbiya va sport tarixini ilmiy nazariy jihatdan tahlil qilish, jismoniy tarbiya va sport sohasida erishilgan yutuqlarni, O`zbekistonda jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixini, jismoniy tarbiya usullari, shakllari va vositalarini hamda eng ilg‟or tajribalarini o`rgatishdan iborat.

O`quv fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:

- nazariy va amaliy mashg‟ulotlarda O`zbekistonda jismoniy tarbiya va sport harakatini rivojlanish tarixi to`g‟risidagi bilimlarga ega bo`lishi,

-jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixining asosiy davrlarini, rivojlanish qonuniyatlarini, jahon xalqlarining jismoniy tarbiya va sport tarixini bilishi,

-fanni o`rganishning tamoyillarini, xalqaro sport va olimpiya harakati tarixini, uning rivojlanish bosqichlari va asosiy xususiyatlarini to`g‟ri aniqlash ko`nikmalariga ega bo`lishi,

-ilmiy-nazariy jihatdan olingan bilimlarni tahlil qilish, amaliy mashg‟ulotlarda mustaqil fikr yuritish, bilimlarga ijodiy yondoshish malakalariga ega bo`lishi kerak.