• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
  • Kirish

60110700 – Fizika va astronomiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi

Ko'proq ma'lumot

60110700 – Fizika va astronomiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishining umumiy tavsifi

60110700 – Fizika va astronomiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi va kechki (sirtqi) ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining meyoriy muddati 4 yil.
60110700 – Fizika va astronomiya ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining kasbiy faoliyat sohalari:
- umumiy о’rta ta’lim maktablari, akademik litseylar, texnikumlarda “Fizika” va “Astronomiyaga” oid fanlardan o‘rnatilgan tartibda dars berish;
- umumiy о’rta ta’lim maktablari, ixtisoslashgan maktablar, akademik litseylar va professional ta’lim muassasalarida muassasalarida “Fizika”, “Astronomiya” fanlaridan o‘rnatilgan tartibda pedagogik faoliyat olib borish;
- ta’lim tizimida kabinet mudiri, laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda faoliyat olib borish;
- mos ta’lim yo‘nalishlar bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, ularning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist, mutaxassis va boshqa lavozimlarda ishalash;
- fizika va astronomiya yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida laborant bo‘lib ishlash;
- ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida mutaxassisligiga oid faoliyat olib borish;
- kasbiy ta’lim pedagogikasi va texnologiyasi, o‘qitishning didaktik vositalari, ta’limning elektron vositalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.