Fakultet
Ko'proq ma'lumot
60111000-Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib kunduzgi va kechki ta’lim shakllarida amalga oshiriladi
60111000-Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari:
- umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o‘rta ta’limda “Tabiiy fanlar (Scince)”, «Geografiya (Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi)», «Geografiya (O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geografiyasi)», «Geografiya (O‘zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi)», «Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi)», «Geografiya (Amaliy geografiya)», “Iqtisodiy bilim asoslari” hamda “Tadbirkorlik asoslari” fanlari o‘qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
- o‘rta maxsus va professional ta’limda Geografiya fani o‘qituvchisi sifatida pedagogik hamda ma’naviy-ma’rifiy sohalarda faoliyat olib borish;
- O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida kichik ilmiy xodim, laborant sifatida faoliyat olib borish;
umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;
- umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’limda kabinet mudiri metodist va unga tenglashtirilgan lavozimlarda faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.
60111000-Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining obyektlari:
- Geografiya, iqtisodiy bilim asoslari ta’limi jarayoni, mazkur fanlar tizimini o‘qitishni takomillashtirishga imkon beradigan pedagogik va innavatsion texnologiyalar, metodlar, geografiya ta’limining nazariy masalalari, o‘qitish metodikasi, ma’ruza, amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarini loyihalashtirish va tashkil etish jarayoni;
- shaxsiy va kasbiy mahoratni shakllantirish jarayoni, umumta’lim maktablaridan tashqari ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya jarayoni, ta’lim sohasidagi muammolar va ularning yechimlarini topishni tashkil etish jarayoni, ta’limni boshqarish va pedagogik jarayonni tashkil etishni tushunish va idrok etish, ta’lim jarayoni me’yoriy hujjatlari;
- tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy geografiya, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, geografiya ta’limi, iqtisodiyot sohalaridagi muammolar va ularning yechimlari;
- Geografiya hamda iqtisodiy bilim asoslari ixtisosligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot jarayonlari masalalarini qamrab oladi.
60111000-Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari professional ta’lim muassasalarida ta’limning vakolatli boshqaruv organlari tomonidan aniqlanadigan ushbu yo‘nalishdagi umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitish bo‘yicha pedagogik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi