• Kirish

Boshlangʼich taʼlim yoʼnalishi

Ko'proq ma'lumot

60110500-Boshlangʼich taʼlim yoʼnalishi – boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchisini tayyorlaydigan, jamiyatda oʼz oʼrniga ega boʼladigan raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayorlaydigan yoʼnalish boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasining davlat va xususiy maktablarida 1-4 sinfgacha oʼqitish uchun moʼljallangan taʼlim jarayoniga tayyorlaydigan soha boʼlib, boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilarini professional darajaga yetkazishga, ularni jamiyatdagi rolini oshirish, yangi innovatsion texnologiyalar asosida oʼqitishga qaratilgan. 
70110501– Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlangʻich ta’lim) magistratura mutaxassisligi  - qo’shimcha ravishda oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o’qitish, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug’ullanish, shuningdek, magistratura bitiruvchilari magistr akademik darajasini olgandan so‘ng oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ITI larda katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettirishi mumkin.