70110101 — Pedagogika nazariyasi va tarixi

Ko'proq ma'lumot

70110101 — Pedagogika nazariyasi va tarixi (kechki) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Magistraturada o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Magistratura dasturining me’yoriy muddati 2 yil. Magistratura o‘quv dasturining hajmi ta’lim shakli (kunduzgi), foydalaniladigan ta’lim texnologiyalaridan qat’iy nazar 120 kredit birligini tashkil etadi.
Bir o‘quv yili uchun magistratura ta’lim dasturining xajmi 60 kreditni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-81-son Farmoniga ko‘ra, 70110101 - Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi magistraturasida o‘qish uchun kamida B1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.
70110101 - Pedagogika nazariyasi va tarixi ta’lim sohasidagi mutaxassislik bo‘lib, oliy ta’lim muassasalari da mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, ilmiy- tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish, mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish, shuningdek pedagoglarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari, Bilim va malakalami baholash agentligi, ta’lim markazlari kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.