Fakultet
Ko'proq ma'lumot
70110502 - Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriiadi. Magistraturada o‘qitisn kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Magistratura dasturining me’yoriy muddati 2 yil. Magistratura o‘quv dasturining hajmi ta’lim shakli (kunduzgi), foydalaniladigan ta’lim texnologiyalaridan qat’iy nazar 120 kredit birligini tashkil etadi.
Bir o‘quv yili uchun magistratura ta’lim dasturining baimi 60 kreditni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-81-son Farmoniga ko‘ra, 70110502-Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi mutaxassisligi magistraturasida o‘qish uchun kamida B1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat taiab etiladi.
“Pedagogika” ta’lim sohasiga oid mutaxassislik bo‘lib, barcha ta’lim muassasalarida mutaxassisiikka oid faniarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni amaiga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish va boshqarish kabi umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida kabinet mudiri sifatida faoliyat yuritish bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini, nodavlat va notijorat tashkilotlarida, markaziy va mahaliy davlat boshqaruvi organlarida faoliyatni tashkil etish va boshqariga oid kompleks masalalami hal etish, shuningdek sohani rivojlantirishda xavfsizlikni ta’minlash, istiqbolni belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarini qamrab oladi.
