• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
  • Kirish

60111300 - Musiqa taʼlim yoʼnalishi

Ko'proq ma'lumot

  60111300 –   Musiqa taʼlim yoʼnalishi umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o‘rta ta’limda musiqa madaniyati  fani o‘qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
- o‘rta maxsus va professional ta’limda musiqa madaniyati fani o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
- O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;
umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;
- umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’limda laborant, kabinet mudiri sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.
Musiqa taʼlim yoʼnalishi - Standart talablari asosida musiqa ta’lim  oʼqituvchisi uchun zarur boʼlgan bilim, koʼnikma va malakalarni oʼzlashtirishga nazariy va amaliy yordam beradi. Olingan nazariy bilimlarni amaliyotga qo’llashga qaratilgan bo’lib, uning mohiyati  ta’lim tizimida rivojlanayotgan zamonaviy o’zgarishlarni musiqa darslarda o’quvchilarda to’g’ri yo’nalishda rivojlanishiga yordam beradigan yetuk, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashni koʼzda tutadi.