Fakultet
Ko'proq ma'lumot
70110701 - O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Magistraturada o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Magistratura dasturining me’yoriy muddati 2 yil. Magistratura o‘quv dasturining hajmi ta’lim shakli (kunduzgi), foydalaniladigan ta’lim texnologiyalaridan qat’iy nazar 120 kredit birligini tashkil etadi.
Bir o‘quv yili uchun magistratura ta’lim dasturining hajmi 60 kreditni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-81-son Farmoniga ko‘ra, 70110701-O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi magistraturasida o'qish uchun kamida В1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.
70110701- O‘zbek tili va adabiyoti - ta’lim sohasidagi mutaxasislik bo‘lib, barcha ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlami o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, turli mulkchilik shaklidagi korxonalarida, nodavlat va notijorat tashkilotlarida, markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi organlarida, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.
