Fakultet
Ko'proq ma'lumot
70111101 - Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Magistraturada o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Magistratura dasturining me’yoriy muddati 2 yil. Magistratura o‘quv dasturining hajmi ta’lim shakli (kunduzgi), foydalaniladigan ta’lim texnologiyalaridan qat’iy nazar 120 kredit birligini tashkil etadi.
Bir o‘quv yili uchun magistratura ta’lim dasturining hajmi 60 kreditni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-81-son Farmoniga ko‘ra, 70111101-Ijtimoiy-gumanitar fanlarni о‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari) mutaxassisligi magistraturasida o‘qish uchun kamida B1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.
70111101 - Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari) magistratura mutaxassisligi - qo‘shimcha ravishda oliy ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish, mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish va boshqarish kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
