Fakultet
Ko'proq ma'lumot
70110601- Musiqa ta’limi va san’at magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlovchi kunduzgi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Magistraturada o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Magistratura dasturining me’yoriy muddati 2 yil. Magistratura o‘quv dasturining hajmi ta’lim shakli (kunduzgi), foydalaniladigan ta’lim texnologiyalaridan qat’iy nazar 120 kredit birligini tashkil etadi.
Bir o‘quv yili uchun magistratura ta’lim dasturining hajmi 60 kreditni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-81-son Farmoniga ko‘ra, 70110601 - Musiqa ta’limi va san’at mutaxassisligi magistraturasida o‘qish uchun kamida B1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.
Musiqa ta’limi va san’at - pedagogika ta’lim sohasiga oid mutaxassislik bo‘lib, barcha ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlami o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari,
markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, turli mulkchiiik shaklidagi korxonalarida, nodavlat va notijorat tashkilotlarida, markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi organlarida, oliy ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlami o‘qitish, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish, mos ta’lim yo‘rtalishlari bo‘yicha ta’limini amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish va boshqarish, istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutasadillik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi:
